Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari



Download 2,83 Mb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#779066
  1   2
Bog'liq
Mavzu Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

QASHQADARYO VILOYAT


XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

G’UZOR tuman XTB


47-umumiy o’rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi


TURDIYEVA BARNOning 8-sinf uchun
ona tili fanidan 1 soatlik
DARS ISHLANMASI




Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari.

Maqsad: a) ta’limiy maqsad: "Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari" mavzusi bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash,


tarbiyaviy maqsad: o ‘quvchilarda ma’naviy -axloqiy fazilatlarni tarbiyalash,vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
v) rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarnining ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og’zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish,erkin fikrlashga,muammoli vaziyatlar yechimini topishga o’rgatish,gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari mavzusi bo’yicha bilim,ko’ nikmalarini boyitish;
Jihoz: ko’rgazmalar,tarqatmalar, slaydlar, AKT.
Usul: "Aqliy hujum", "Zanjir","O’z o’rningni top" o’yini,grammatik topishmoqlar,"Teskari test" metodlari.
Tur: yangi bilim berish,mustahkamlash.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
a) o’quvchilar bilan salomlashish;
b) navbatchi o’quvchining axborotini tinglash;
c) siyosiy daqiqa o’tkazish;
-Rahmat,qani bugungi kun yangiliklari bilan bizni kim tanishtirmoqchi?
( O’quvchilar kun yangiliklari va O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i va Konstitutsiyasi qabul qilingan kunlarni eslatadilar).
- O’quvchilar noyabr oyi qaysi fan oyligi?
(o’quvchilar noyabr oyi rus tili fani oyligi ekanligini ,ruscha fikr va she’r aytadilar).
-Maktabimizda yana qaysi chet tillari o’rgatiladi?
-Fransuz tili va ingliz tili ( fransuz tilida she’r aytiladi).
-Ha o’quvchilar, bizga chet tillarini o’rganish uchun juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda.Biz esa bu imkoniyatlarda unumli foydalanishimiz zarur.Lekin shuni ta’kidlash kerakki, o’z ona tilimizda to’g’ri va mukammal so’zlash esa bizga doimo huzur bag’ishlaydi.To’g’ rimi?.Qani, ona tili haqida kim she’r aytadi?
-(O’quvchilar M.Yusufning " Kechir meni, ona tilim " she’rini aytadilar).
-Shoir aytganidek,biz ona tilimizni asrab -avaylashimiz va undan to’g’ri foydalanib, rivojlantirishimiz kerak .
(Uzoq o’tgan mavzular asosida boshqotirmalarni o’quvchilarga berish,o’tgan mavzu yuzasidan tarqatmalarni tarqatish,olma daraxti orqali
2.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash,uy vazifalarini tekshirish;
"Aqliy hujum" metodidan foydalanib o’tgan mavzuni so’rash).
-O’tgan mavzuni so’rash: Gap haqida umumiy ma’lumot.
-Gap deb nimaga aytiladi?
- Gap bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir.
-So’z birikmasi bilan gapning farqi nimada?
-Gap so’z birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo’laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so’z birikmasi tushuncha, gap fikrni ifodalaydi.-So’z birikmasi bilan gapga misol ayting?
-Qiziqarli mashg’ulot –so’z birikmasi, tushunchani bildiryapti,bitishuv usulida birikkan.
-Mashg’ulot qiziqarlidir-gap,chunki fikr tugalligi mavjud,-dir kesimlik shakli mavjud.
-Gap tarkibidagi so’zlar qanday bog’lanadi?
- Gap tarkibidagi so’zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o’zaro bog’lanadi.Morfologiya bo’limida o’rgangan kelishik,egalik,son,zamon va shaxs-son qo’shimchalari,shuningdek ko’makchi va bog’lovchilar sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lash uchun hizmat qiladi.
-Gap uchun ohangning vazifasi nimadan iborat?
-Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi.Og’zaki nutq ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi.Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi.Ohang gap uchun eng muhim belgidir.Ayrim so’z yoki so’z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak,gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi.Masalan:Kuz.Ko’m-ko’k dala.
-Gapda ohangning o’zgarishi orqali mazmun ifodalashiga misol ayting.
-Ayni bir sodda gapning ohangini o’zgartirish orqali ba’zan uch xil mazmun ifodalashi mumkin:Buvijonim keldilar.-Buvijonim keldilar!-Buvijonim keldilar?
-Yozma nutqda ohangga qarab qanday tinish belgilar qo’yiladi?
-Yozma nutqda gap ohangiga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta,yo so’roq, yoki undov belgisi qo’yiladi. "Aqliy hujum " oyinida ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi )
3. Yangi mavzu: Gapning ifoda maqsadga ko’ra turlari.
Tugallangan ohang va fikrga ega bo’lib, kesimlik shakllari vositasida ifodalangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so’z yoki so’zlar yig’indisi gap deb ataladi.
Biz o’z vatanimizni sevamiz.
Har qanday gap ma’lum maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ana shu jihatdan gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
Darak gap, so’roq gap, buyruq gap, istak gap.
1.Darak gap orqali biror narsa haqida ma’lum qilinadi, xabar beriladi; bunday gapning oxiriga nuqta qo’yiladi:

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish