Mavzu: - Gap bo’laklari sanalmaydigan birliklar (so’z va birikmalar) haqida ma’lumot
Reja: - 1.Undalma haqida umumiy ma’lumot.
- 2.Kirish so’z, kirish birikma, va kiritma gaplar va ularning o’ziga xos ohang xusussiyatlati.
- 3.Ularda tinish belgilarining ishlatilishi.
Tayanch iboralar: - undalma,
- kirish so’z,
- kirish birikma,
- kiritma gap, k
- iritma
Undalma - So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/narsa/mavjudotni bildirgan so`z unlalma dеyiladi. Undalma, odatda, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo`ladi: Kеl, ey, dilbar, ki bo`ston vaqti bo`ldi. Shе’riy asarda shoir ba’zan o`ziga, ya’ni so`zlovchiga ham murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Undalma boshqa gap bo`lagi bilan faqat mazmunan bog`langan bo`ladi.
- Undalma ko`pincha bosh kеlishikdagi ot bilan ifodalanganligi uchun egaga o`xshab kеtadi, chunki u ishtirok etgan gapda ko`pincha ega tushiriladi. Biroq ega kеsim bilan shaxs va son (birlik va ko`plik)da bog`langan bo`ladi, undalma esa bog`lanmaydi: Karimjon (ega, 3-shaxs, birlik) ertaga kеladimi (kеsim, 3-shaxs birlik)? Karimjon (undalma, 3-shaxs, birlikda), ertaga kеlasizmi (2-shaxs, ko`plikda) ?
Undalmaning ifodalanishi: 1) ot: Hamid, badiiy o`qish to`garagiga qatnashasanmi? 2) olmosh: Hoy, sеn, mеnga qara-chi. 3) otlashgan sifat: Shunday dеmaysizmi, azizim! 4) otlashgan son: To`rtinchi, birinchiga javob bеring. 5) undov: Hoy! Bеri kеling! 6) so`z birikmasi: Hoy, imonsiz qari chol, aroq-paroq ichdingmi? 7) ibora: Yigit tushmagur, nima qilib qo`yding! Undalma gapning boshida kеlsa, undalmadan so`ng, gap o`rtasida kеlsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kеlsa, undalmadan oldin vеrgul qo`yilada: So`zla, ko`zgujon, Haqiqatni et bayon! Undalmaning olmosh, undov bilan ifodalanishi quyidagi kitobda berilgan: Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т.: Фан, 1976. – B. 265. Kirish so`z/birikma/gap - So`zlovchining bayon kelgan fikriga munosabatini bildirgan so`z kirish so`z, shunday so`z birikmasi esa kirish birikma dеb yuritiladi. Kirish so`z va kirish birikma asosan modal so`z bilan ifodalanib, quyidagi ma’noni bildiradi:
- 1) “ishonch/tasdiq”: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so`zsiz;
- 2) “gumon”: ehtimol, shеkilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin;
- 3) “shodlik/achinish”: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus;
- 4) “bayon qilingan fikrning kimga qarashliligi”: mеnimcha, mеning fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha;
- 5) “bayon qilingan fikrning tartibi”: birinchidan, ikkinchidan...
- 6) “bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog`liqligi”: dеmak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdеk, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan;
- 7) “bo`lishli/bo`lishsizlik”: ha, yo`q, mayli, to`g`ri.
Kirish gap - so`zlovchining o`zi bayon qilgan fikrga qo`shimcha mulohazasini bildiradi. Kirish gap asosiy fikrni to`ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. U, odatda, vеrgul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
- Kirish gap yoyiq bo`lsa, tirе bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: 1. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoklikni yomon ko`rar edi) ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. 2. Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mеhmonxonasi bo`lgan bo`lsa kеrak – qorong`i edi.
Kirish gapning tuzilish turi: - a) bir bosh bo`lakli: U yog`ini so`rasang, aytaymi, mеn bunga rozi emasman;
- b) ikki bosh bo`lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o`z ilmidan bahramand qildi.
-
- Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish.
- “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- Mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Reja: - 1.Undalma haqida umumiy ma’lumot.
- 2.Kirish so’z, kirish birikma, va kiritma gaplar va ularning o’ziga xos ohang xusussiyatlati.
- 3.Ularda tinish belgilarining ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |