Mavzu: gandbol (QO’l to’PI) O’yni haqida tushuncha. Reja



Download 22,09 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2021
Hajmi22,09 Kb.
#118135
  1   2   3   4
Bog'liq
Gandbol Umarova Shahnoza


MAVZU: GANDBOL (QO’L TO’PI) O’YNI HAQIDA TUSHUNCHA.

Reja:

1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga kirib kelishi.

2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasi.

3. Qo’l to’pi o’yinida himoya texnikasini o’rganish.

4. Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari.

1. Qo’l to’pi o’yini haqida umumiy ma’lumotlar va uning O’zbekistonga kirib kelishi.

Gandbol (nem. hand - qoʻl, ball -toʻp), qoʻl toʻpi — sport oʻyini. 19-asr oxirida Yevropada paydo boʻlgan. Daniyalik Xalger Nilson ixtiro etgan (1895). Gandbol uchun kattaligi 40x20 m li maydon kerak ogʻirligi 325—475 g, aylanasi 54—58 sm boʻlgan charm toʻp bilan oʻynaladi. Maydonning ikki tomonida eni 3 m, balandligi 2 m boʻlgan darvozalar oʻrnatiladi. Har bir jamoada 7 yoki 11 oʻyinchi qatnashadi. Oʻyinchi toʻp bilan faqat 3 qadam qoʻyishi va uni qoʻlida 3 sekundgacha tutib turishi mumkin. Oʻyin 2 boʻlimdan iborat boʻlib, erkaklar musobaqasi 1 soat, ayollar musobaqasi 50 daqiqa davom etadi. Xalqaro gandbol federatsiyasiga 1946 yil asos solingan 106 mamlakat aʼzo. 1972 yildan erkaklar, 1976 yildan ayollar Gandbolni Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan erkaklar oʻrtasida, 1956 yildan ayollar oʻrtasida jahon birinchiligi oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda Gandbol 1923—24 yillarda paydo boʻlib, birinchi musobaqa 1926 yilda Toshkentda oʻtkazilgan. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi Gandbol federatsiyasi tuzildi. Respublikaning barcha viloyatlarida Gandbol boʻyicha bolalar sport maktablari, erkaklar, ayollar va bolalar jamoalari bor. 1991 yildan Oʻzbekistan chempionata muntazam oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Gandbolchilari terma jamoasi (ayollar) Osiyo chempionatida 4-oʻrinni egalladi va Germaniyada oʻtkazilgan jahon birinchiligi musobaqalarida qatnashdi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozlari F. Abdurahmonov, V. Kaplinskiy, xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni M. Vasilyev, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, jahon chempioni S. Zemlyanova, sport ustalari A. Abzalova, Olga Abdulla va boshqalarning G. rivojlanishida katta hissasi bor.

Respublikamizda gandbolning rivojlanishi. 1938 yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat o’tkazildi. 1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida talim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari o’tkazilgan. 1960 yili Xarkov shahrida yoshlar orasida qo’l to’pi bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va O’zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi.

O’zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, M.Jukov, B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlarida jamoaga V.Sevastyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.

O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan chempionatda oltinchi o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butun-ittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritdi.

O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. SHular jumlasidan o’zbek qizi Marg’uba Artiqboeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.

Toshkentda dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari 60-yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3- o’ringa, o’smirlar esa 1979 yili oltinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lganlar.

O’zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konaplev, V.Izaaklar «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvoni bilan taqdirlandilar.

1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida o’tkazilgan chempionatda «D-klub» (O’zDJTI) gandbolchi qizlari g’alabaga erishdilar. Sh..K.Pavlov va F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha birinchi marta jahon chem-pionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.

Har bir uslubni o’rganishda ularning bosqichlarini ko’rib chiqish muhimdir. Chunki asosiy ahamiyat asosiy bosqichga, keyin boshqa bo’laklar va sportchining har hil tayyorgarligiga qaratiladi. Har qanday uslubni o’rgatishda texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish, ketma-ketligiga rioya qilish kerak: Usullar mohiyati bilan tanishtirish;


  1. Shu uslulni soddalashtirib o’rgatish;

  2. Usullarni o’yin holatiga yaqinlashtirish, takomillashtirish;

  3. O’rganilgan usullarini o’yinda qo’llash, qo’l to’pi mashg’ulotining asosini tashkil etadi.

O’yindan tashqari o’rgatiladigan va takomillashtiriladigan har bir texnik usul (metod)ga juda ko’p vaqt sarflanadi. Shuning uchun gandbolchilar usullarni soddalashtirilgan holda o’yin vaqtida o’rganadilar va takomillashtiradilar. Har bir mashg’ulotda ikki-uchta usul(metod)larni o’rgatib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 22,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish