10-18-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Futbol o’yinida tupni boshkarish texnikasini o’rgatish. (tupni olib yurish, tupni uzatish, tupga zarba berish, tupni tuxtatish, tupni olib kuyish, aldamchi harakatlar, fintlar, darvozabonning tup bilan harakatlari)
Futbol texnikasining turlanishi texnik usullarni umumiy yoki maxsus belgilariga qarab guruhlarga bo’lishdir.
O’yin faoliyati harakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo’lim ajratiladi:
Maydon o’yinchisi texnikasi
Darvozabon texnikasi.
Har qaysi bo’lim esa harakatlanish texnikasi va to’pni boshqarish texnikasi bo’limchalariga bo’linadi.
Futbol o’yinining texnikasini turlanishi 7-jadvalda ko’rsatilgan.
Futbol texnikasining harakteristikasi maydon o’yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo’lim bo’lgan harakatlanish texnikasidan boshlanadi. (8-jadval)
SHuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, futbol o’yini texnikasini shug’ullanuvchilar tomonidan o’zlashtirib olishga ko’p yillik trenirovka jarayonlarida qatnashish va o’rgangan texnik usullarni doimiy sayqallashtirib borish orqali erishiladi.
Futbol o’yini texnikasining turlarga bo’linishi
7-jadval
H ARAKATLANISH TEXNIKASI
8-jadval
Harakatlanish texnikasi quyidagi usullar, guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. (8-jadval)
Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.
Oddiy yugurishdan asosan to’g’riga borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi.
Tisarilib yugurishdan asosan to’pni olib qo’yishda va to’sib olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham tsiklik (qo’shaloq qadamli) bo’ladi. qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo’qligi unga xos xususiyatdir.
CHalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo’nalishi o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning maxsus vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi.
J uftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan kerakli holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida foydalaniladi, keyinroq o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi.
1-расм. Жуфтлама қадам ташлаб югуриш
Sakrash. To’xtash va burilish usullarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi.
O’yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi.
Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga o’tkaziladi. Sakrashning traektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatg’a bog’liq.
Ikki oyoqda depsinib sakrash. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida sakraladi.
To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini o’zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |