Mavzu: Fuqarolik jamiyatining siyosiy va ma'naviy asoslari Mundarija: Kirish I



Download 166 Kb.
bet12/13
Sana15.10.2022
Hajmi166 Kb.
#853145
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ijtimoiy

Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlashtirish islohotlar keyingi bosqichining muhim yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi. Jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Fuqarolik institutlarining yanada rivojlanishiga erishish va ularning nufuzini kuchaytirish maqsadida Prezident tomonidan jamiyat miqyosida davlat va nodavlat jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilganligi ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, davlatimiz rahbari fuqarolik jamiyatining muhim ko‘rsatkichi inson huquqlarini kafolatli ta’minlanishi ekanligiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidladi: «Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan choratadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak».
Shunday qilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish xalqimiz tarixiy milliy qadriyatlari bilan jahon halqlari umuminsoniy tamoyillari hamda tajribasini inobatga olish asosida ishlab chiqilgan nazariy dasturulamalga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda adolatli va demokratik fuqarolik jamiyatiga xos yangi ijtimoiy munosabatlar hamda ularni ifodalovchi ijtimoiy institutlarni – jamoat va nodavlat tashkilotlarning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirildi. Ular jamiyatimizning nurli istiqbol sari qat’iyat bilan ilgarilab borishiga, jamiyat va inson manfaatlarini to‘la-to‘kis ifodalashga xizmat qilmoqda.

XULOSA
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining yaratilish tajribasi, bu sohadagi islohotlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilishi, ularga doir nazariy ishlanmalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, fuqarolik jamiyatining bu insoniyat uchun muhim bo‘lgan ijobiy jihatlari (tamoyillari va va yashash muhiti) o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va huquqiy davlat sari rivojlanish sari intilishiga doir islohotlarida muhim tajriba sifatida namoyon bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatiga doir fanni oliy ta’lim tizimida o‘qitish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham Fuqarolik jamiyati fani jahonda bir necha minglab yillar davomida yig‘ilgan umuminsoniy qadriyatlarni hozirgi umuminsoniy va demokratik qadriyatlar ilan uyg‘un holda o‘rganishi va ulardan xulosalar chiqarishi tufayli yosh avlodni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu fan insoniyatning eng so‘ngi taraqqiyot bosqichi va insoniy birligi to‘g‘risidagi ta’limotlarni hozirgi davr bilan mustahkam bog‘liqlik holida o‘rganadi, isonni jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlari asosida yashashga undaydi, bu yo‘ldan inson manfaatdorligini asoslaaydi. Bu jarayonda Fuqarolik jamiyati fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik qiladi. Umuman olganda, bu fan insonni hozirgi davrning so‘nggi sivilizatsiyasi – fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va uning shaxsni kamolga etkazishdagi roliga doir bilimlar bilan qurollantiradi.
Hozirgi davrga kelib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, inson huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi omillar demokratiya qurish yo‘lidan ketayotgan davlatlarni qiziqtimoqda. SHuning uchun ham o‘tish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy model sifatida, balki uni ta’lim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e’tirof etmoqda.


Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish