Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar natijasida fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog'liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda, bugunga kelib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy hayotida davlat hokimiyatidanfuqarolik institutlarining vazifalari kengayib borayotganligini kuzatamiz. Agar 1991 yilda respublikamizda 95 ta NNT qayd etilgan bo'lsa, 2017 yilga kelib ularning soni 2585 taga etdi. 2018 yilda esa 6 mingdan oshib ketdi.Bugungi kunda ularning soni 8250dan oshganini ko'rsatmoqda.
1.2.Ozbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishining metodologik konseptual asoslari.
Ozbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab oz umrini otab bolgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildi. Yurtimizda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish istiqbollari strategik maqsadga aylanganligi hamda siyosiy darajada kop bora bunga etibor qilib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, fuqarolik jamiyati bolmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bololmasligi ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuni alohida takidlash joizki, fuqarolik jamiyatining nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi siyosiy-huquqiy talimot oz mohiyat-etibori bilan tamomila milliy istiqlol goyasi bilan yaratilgan bolib, davlatimiz rahbarining dastlabki asarlari, nutq va maruzalarida asoslab berildi.Mazkur dasturiy asarda Ozbekiston jamiyati siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining, manaviy poklanishining asosiy yollari va ustuvor yonalishlari yangicha mushohada asosida belgilab berildi. Unda «Ozbekiston demokratiya va ijtimoiy adolat jamiyati» shiori ostida amalga oshiriladigan ichki va tashqi siyosat chinakam mustaqil Ozbekistonni barpo etish bilan belgilanadi. Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyat bunyod etish bosh vazifadir, deydi Prezident.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishini uch bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatdafuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi.
Ikkinchi bosqich 2000-2010 yillardamamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
Uchinchi bosqich 2011-2016 yillar. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurishga doir huquqiy asoslar rivojlantirildi, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tayanchi – o‘rta ijtimoiy qatlam yanada mustahkamlandi.
To‘rtinchi bosqich 2017 yilda boshlanib, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning amaliy jihatlarini namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurish g‘oyalari “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” va “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da yanada rivojlantirilib, bu sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi. Bu bosqichda fuqarolik jamiyati shiddat bilan rivojlanib, o‘zini har tomonlama namoyon eta boshladi. Bu davrda Prezident SH.Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni yangi bosqich boshlanganidan dalolat bermoqda.O‘tgan asrning 90 yillari boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z musta
Tadrijiy isloxotlar yo‘liga doir g‘oyalar asosida O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning o‘ziga xosilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi.Mustaqillikning dastlabki davrida davlatimizning birinchi rahbari ta’kidlaganidek, “ O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu- mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish- irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O‘zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak “.
SHu asosda demokratik tamoyillar va huquqiy davlat qurish nazariyasi hamda amaliyoti fuqarolik jamiyatining mazmun – mohiyati, shakllanish qonuniyatlariga uzviy bog‘liq bo‘lgan omillar hisoblanib. “O‘zbek modeli” asosida huquqiy davlatning institutsional zaminlarini shakllantirish quyidagilardan iborat deb belgilandi:
Davlat hokimiyatining uchga bo‘linishi prinsipiga asoslanish;
Demokratik Konstitutsiyaning qabul qilinishi va qonun ustuvorligi tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi mexanizmlarini yaratilishi;
Erkin demokratik saylov tizimini kafolatlanishi.
Davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda kuppartiyaviylik tizimining yaratilish
Jamoat birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi;
Fuqarolar o‘z- o‘zini boshqarish institutlarini rivojlantirilishi;
Fuqarolar huquq va erkinliklarini, manfaatlari va extiyojlarini ta’minlashning samarali zaminlarini vujudga keltirilishi, ularni fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda barpo etilishi.
Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning mohiyati asosiy g‘oyalari dastlab davlatimizning birinchi rahbarining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli asarida ochib berilgan edi. Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g‘oyalar Birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirildi. Xususan, uning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”, “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo‘lida” nomli asarlarida taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning asosiy mazmuni va o‘zagini belgilab beruvchi tamoyillar har tomonlama asoslab berildi. Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati g‘oyasini ijtimoiylashuvi va qaror topishida “o‘zbek modeli”ning barcha konseptual g‘oyalaridan izchillik bilan foydalanib kelindi. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra yurtimizda yangi jamiyatni amalga oshiriladigan barcha isloxotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. YA’ni “islohot – islohot uchun emas, balki inson manfaatlari, uning erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi.
Prezident SH.M.Mirziyoyevning qarashicha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakat milliy qadryatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy ananalarini o‘zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir xalq o‘z milliy manfaatlarini ifoda etilishini ham anglash lozim. Bu kabi holatga ega bo‘lish uchunmilliylik yangi jamiyat mazmuni shaklu shamoyili bilan uyg‘unlashishi lozim.o‘zbekiston esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarda yangi jamiyat qurish isloxatlari inqilobiy yo‘lni xam qabul qilmaydi. CHunki bu yil o‘zining vayronagarchiligi, millionlab axolining ijtimoiy axvoli pasayib ketishi, jamiyatni qutblashgan tomonlarga bo‘linib ketishi, kabi salbiy xolatlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun xam davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O‘zbekiston mamlakati uchun o‘ziga xas quyidagi jixati ilgari suriladi: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta sekin taraqqiy topadi. Bu soxada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, xatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari xam “ijtimoiy taraqqiyotning iptidoiys va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo kelmaydi....
SHuningdek Prezident O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishini taminlaydigan asosiy shart-sharoitlardan biri, bu-davlat hokimiyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik etarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining rivojlanishini fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog‘lik ishtirok etishlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ham chuqur anglab etgan edi.Shuningdek davlat vakolatlarini jamiyat institutlariga berish asosida xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadida quyidagi vazifani qo‘ydi: “Ammo huquqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklanib qo‘yilgan fuqarolik jamiyati sharoitdagina erishmog‘imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasi taraqqiyot strategiyasini aniq belgilash va uni xayotga joriy etish uchun qattiq nazorat olib borishdan iborat bo‘ladi... Ana shunday davlat va jamiyatni qkrish- bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir.
Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘zi xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysinishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida xisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |