Mavzu: Fuqarolik huquqida Fuqarolik huquqiy munosabatlar



Download 318,5 Kb.
bet6/21
Sana04.06.2022
Hajmi318,5 Kb.
#635010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ozbekiston respublikasida fuqarolik huquqiy munosabatlarining huquqiy asoslari

Qit'a huquq tizimi. Qit'a huquq tizimining tarixiy ildizlari Rim xususiy huquqiga borib taqaladi. Yevropa huquqshunos olimlari tomonidan rim xususiy huquqi normalarini takomillashtirish asosida qit'a davlatlarida milliy fuqarolik huquqi tizimlari vujudga keldi. Biroq ushbu milliy huquq tizimlarida qadimgi Rim xususiy huquqining juda ko`p tushunchalari, institutlari, iboralari va ba'zan huquq normasi novellalari aynan saqlanib qolganini ko`rish mumkin.
Qit'a huquq tizimida huquqni ommaviy va xususiy huquq sohalariga ajratish xarakterli belgidir. Ommaviy huquq – bu siyosiy hokimiyatni tashkil etish va amalga oshirishni tartibga soladi, u jamiyat manfaatlarini ifodalaydi, uning asosida davlat hokimiyati turadi. Xususiy huquq – sivil huquqi (fuqarolik huquqi) alohida kishilar, xususiy shaxslar manfaatlariga xizmat qiladi. Bu shaxslar fuqarolik-huquqiy munosabatlarida teng huquqqa egadir va ularning hech biri alohida imtiyozlarga ega emas.
Qit'a huquq tizimida ham yagonalik, bir xillik mavjud emas. Unda ikki asosiy yo`nalish Germaniya va Fransiya fuqarolik qonunchiligi farqlanadi. Yevropa davlatlari o`z fuqarolik qonunchiligini shakllantirganda ushbu davlatlarning yo unisi yoki bunisidan andoza olganlar. Fuqarolik huquqining roman guruhi asosida 1804 yilda qabul qilingan Fransiya fuqarolik kodeksi (u Napaleon fuqarolik kodeksi degan nom bilan ham mashhur), german guruhi asosida esa 1896 yilda qabul qilingan Germaniya fuqarolik tuzuklari yotadi.
Fransiya fuqarolik kodeksi institutsiyaviy deb nomlanadi (u Yustinian kodifikatsiyasining bir qismi bo`lgan rim huquqi bo`yicha oddiy darslikning institutsiyalaridan o`zlashtirilgan). Institutsiyaviy tizim fuqarolik-huquqiy normalarni quyidagi qismlarga guruhlashtiradi: 1) shaxslar (ya'ni huquq subyektlari); 2) ashyolar (huquq obyektlari) va ashyoviy huquqlar; 3) da'volar va ushbu da'volar bo`yicha majburiyatlar. Keyinchalik bu tizim takomillashuvi natijasida undan protsessual normalar chiqarilib, sof moddiy huquq normalari qoldi, umumiy qoidalar va boshqa bo`limlar bilan boyitildi.
Fuqarolik huquqi tizimining germaniya yo`nalishi “german guruhi kodeksi” deb ataladi, chunki u yustinion kodifikatsiyasining Degest (kodeks) lariga asoslanadi. Uning mohiyati shundaki, xususiy huquq normalari avval boshdanoq moddiy va protsessual huquq normalariga bo`linadi hamda protsessual huquq normalari alohida holda mavjud bo`ladi. Ayni vaqtda barcha moddiy huquq normalari fuqarolik huquqining barcha institutlariga taalluqli bo`lgan normalar (ular «Umumiy qism» deb atalib, unda huquq subyektlari, huquq obyektlari, huquqlarning mazmuni, shu jumladan ularni amalga oshirish va himoya qilishga doir umumiy qoidalar o`z mujassamini topgan) bilan alohida institutlarga – ayoshviy huquqlar, majburiyatlar, oila va meros huquqlariga bag`ishlangan normalar (maxsus qism)ga bo`lingan. Foydalanishga qulayligi jihatidan hamda yuridik texnikasi nuqtai-nazaridan olganda, pandekt tizimi institutsional tizimdan afzalroqdir. Bunday qulaylik umumiy va maxsus qismlarga bo`linishda ham yaqqol namoyon bo`ladi (institutsional tizimda esa umumiy qoidalar har bir institut bo`yicha qayta-qayta takrorlanishi mumkin). Biroq uzoq davrlik taraqqiyot davomida bu tizimlar o`rtasida yaqinlashuv jarayoni ketganini va hozir bular mustaqil tizim sifatida xususiyatini yo`qotganligini bugungi kunda e'tirof etish mumkin. Yevropa mamlakatlari o`rtasida faol hamkorlik kuchaygan shart-sharoitlarda pandekt va institutsion yo`nalishlari yagona qit'a huquq tizimining tarkibiy qismlariga aylanib qoldi.
Qit'a huquqi tizimi manbalari haqida so`z ketganda, uni muayyan huquqiy ta'limotlar (doktrinalar), eng avvalo, Rim huquqi ta'siri ostida rivojlanginini qayd etish lozim. Bu huquq tizimi normalarini shakllantirishda ilmiy mavhumlashtirish, inson aql-idroki va omillar faoliyati hal qiluvchi rol o`ynaganini ta'kidlash lozim. Ko`pchilik hayotiy voqealar, vaziyatlar huquqiy ta'limot orqali qarab chiqiladi va unga moslashtiriladi. Qit'a huquq tizimi yondashuvining mohiyati u yoki bu amaliy yechimni topish va uni qiyomiga yetkazish emas, balki asosiysi umumiy namunaviy tamoyilni ishlab chiqish, keyin uning yordamida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.
Demak, qit'a huquq tizimida asosiy manba bo`lib, qonunlar hisoblanadi va ular ichida Fuqarolik kodeksi markaziy o`rinni egallaydi. Fuqarolik kodeksi va qonunlarning normalari umumiylikdan xususiylikka, mavhumlikdan muayyanlikka yo`naltiriladi. Bunda yuristning asosiy vazifasi – muayyan holatni, vaziyatni pozitiv huquqning u yoki bu normasi ta'siri ostiga tushirish hisoblanadi. Alohida qonunlar Fuqarolik kodeksiga bo`ysundirilgan holda yaratiladi va qo`llanadi.
Qit'a huquq tizimida odat huquqi manbalar sifatida juda kam ahamiyatga ega. Huquqiy tartibga solishda asosiy tayanch markazi qonun hisoblanadi. Mohiyatan olganda, odatlar amaldagi pozitiv huquqni to`ldiruvchi ish muomalasi odatlari ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Ma'lumki, qit'a huquq tizimida pretsedent huquqi mavjud emas. To`g`ri, ba'zi mamlakatlarda sud amaliyoti huquq manbai sifatida e'tirof etilsa ham, bu faqat tor doirada, qonun bilan tartibga solinmagan yoxud to`liq tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatangina qo`llanadi. Ayni vaqtda huquqdagi kamchiliklarni qonunchilik yordamida bartaraf etishning aniq yo`llari mavjud, bu esa kamchiliklarni amaliyot orqali bartaraf etishga zarurat qoldirmaydi.
Qit'a huquq tizimida shaxslar to`g`risidagi normalar ikki qismga bo`linadi: 1) jismoniy shaxslar to`g`risida; 2) yuridik shaxslar to`g`risida. Jismoniy shaxslarning huquq layoqati ularning huquq va burchlarga ega bo`lish layoqati, muomala layoqati, qobiliyati sifatida ta'riflanadi. Huquq layoqati barcha uchun teng bo`lib, uning mazmuni pozitiv huquq bilan belgilab qo`yilgan. Insonning sog`lig`i va yoshiga qarab muomala layoqatining bir qancha darajalari belgilangan. Muomala layoqatining hajmi pozitiv huquq bilan belgilanadi.
Qit'a huquqida yuridik shaxslar haqida batafsil ishlab chiqilgan ta'limot (doktrina) mavjud. Yuridik shaxs o`ziga xos mavhumlashtirilgan toifa (kategoriya) bo`lib, yuridik shaxslarni ehtimol tutilgan, mumkin bo`lgan barcha turlarni qamrab oladi. Yuridik shaxslarning mohiyati va belgilariga (ular qonunlarda belgilab qo`yilgan), shuningdek ularni tasniflash – turkumlashga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu turlar ro`yxati qat'iy tizimga solingan. Yuridik shaxslarni vujudga keltirish, qayta tashkil etish va tugatishning barchasi uchun umumiy bo`lgan qoidalari belgilab qo`yilgan. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi, o`zgarishi va bekor bo`lishi normativ-murojaat tartibida amalga oshiriladi va davlat ro`yxatidan o`tkaziladi. Tijorat yuridik shaxslari umumiy (universal) huquq layoqatiga ega. Notijorat yuridik shaxslar uchun maxsus huquq layoqati belgilangan. Barcha yuridik shaxslar uyushmalar va muassasalarga bo`linadi. Uyushmalar (korporatsiyalar) turli jamiyatlar va shirkatlarga – to`liq shirkat (ba'zi mamlakatlarda to`liq shirkat yuridik shaxs hisoblanmaydi), kommandit shirkati, mas'uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyatlariga bo`linadi. Shirkatlarni (jamiyatlarni) turlarga bo`linishi asosida ularning ishtirokchilarini korporatsiya majburiyatlari uchun javobgarlik xarakteri asosiy me'zon bo`lib hisoblanadi. To`liq shirkatda barcha ishtirokchilar o`zlarining barcha mol-mulklari bilan solidar javob beradilar. Kommandit shirkatda esa bir xil ishtirokchilar (kommanditchilar) ustav fondiga qo`shgan ulushlari hajmida, boshqalar, ya'ni to`liq a'zolar (komplimentarlar) o`zlarining barcha mol-mulklari bilan solidar javob beradilar. Shirkat a'zolaridan farqli ravishda jamiyat a'zolarining javobgarligi ularning ustav fondlariga kiritilgan ulushlar bilan cheklanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat bilan aksiyadorlik jamiyatlari o`rtasidagi farq ularning ishtirokchilariga ulushlar (hissalar, paylar) yoki qimmatbaho qog`oz sifatidagi aksiyalar tegishli bo`lishida namoyon bo`ladi. Korporatsiyalar tashkil etishda qit'a qonunchiligi boshlang`ich ustav kapitali hajmi va shakllantirish tartibiga nisbatan juda qattiq talablar qo`yadi.
Muassasalarda esa muassis o`z mol-mulkidan muassasa uchun alohida ajratib, biriktirib qo`yadi, muassasa ma'muriyati muassasa maqsadlarini amalga oshirishda ushbu mol-mulkni boshqaradi. Odatda, muassasa uning mol-mulkining mulkdori, a'zolari va boshqaruvchilari bo`lmagan shaxslarning manfaatlari uchun faoliyat yuritadi. Bu shaxslar destinatorlar deb ataladi. Davlat g`aznasi (fisk), davlat korxonalari va boshqa muassasalar, diniy tashkilotlar va xayriya jamg`armalari (fondlari) muassasa ko`rinishida namoyon bo`ladi.

Download 318,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish