Mavzu:Fundamentalizim va uning g’oyaviy tahdidi
Reja:
Kirish
I. bob. Fundamentalizmning xususiyatlari
1.1. Fundamentalizmning mohiyati.
1.2. E'tirof etilmagan mazhablar hamda diniy-siyosiy oqimlar («Vaxxobiylik» «Xizbut taxrir»,«Akromiylar», «Islom uyg'onish partiyasi», «Islom lashkarlari» va boshqalar).
II bob. Fundamentalizmning g’oyaviy tahdidi
1.1. Fundamentalizim va uning oqibatlari.
2.2. Xalqaro terrorizm va uning oqibatlari
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Islomda diniy, ijtimoiy va siyosiy masalalarga Islomning munosabati haqida uch asosiy oqim mavjud: Islom fundamentalizmi oqimining nomi «fundament» (asos, negiz, poydevor) so'zidan olinganligi uchun shunday nomlangan.
Fundamentalizm- ma'lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytish, bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi.Islom fundamentalizmi oqimining tarafdorlari shunday fikrlaydilar: Tamoyillarni hozirgi davr taqozosiga moslab qayta talqin qilish mumkin emas. Bu fikr Islom modernistlariga qarshi fikrdir.
Islom fundamentalizmi oqimi tarafdorlari traditsionistlariga o'xshab, din va siyosatni bir deb tushunadilar, faqat ulardan farqli o'laroq Islom bilan millat manfaatlarini bir yoki yaqin deb tushundilar.
2) Islom traditsionalizmi oqimining nomi «Traditsiya» (an'ana, urf-odat, rasm) so'zidan olingan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Islom traditsionalizmi oqimining tarafdorlari Dinda «ijtihod eshiklari yopiq» deb hisoblaganlar (Ijtihod — arabcha intilish, g'ayrat qilish, diniy va huquqiy masalalar bo'yicha mustaqil fikr yuritish tamoyili). Ular O'rta asr diniy aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilinishiga qarshi chiqqanlar. Ummatlarning barisi teng huquqli, ularni bir biridan ajratish mumkin emas, deb hisoblaganlar. Ular sotsializmga xos tenglikni «notabiiy tenglik» deb hisoblaganlar. Shuningdek kapitalizmdagi tengsizlikni ham tanqid qilib «Islomga xos tenglik»ni targ'ib qilganlar.
3) Islom modernizmi oqimining nomi «modernizm» — (zamonaviylashtirish, hozirgi zamon sharoitlariga moslashtirish, yangilik kiritish) so'zidan olingan.
Islom modernizmi oqimining maqsadi: hozirgi ijtimoiy hayot va ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga Islom ta'limotlarini moslashtirish.
Islom modernizmi dinda «Ijtihod eshiklari ochiq» degan tamoyilga amal qiladi.Modernistlar «g'aayriislom» olami bilan ham hamkorlik qilishni, hatto Islom va «g'ayriislom» madaniyatlarini biriktirishni ham yoqlab chiqqanlar.
Diniy ekstremizm- muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi.Fanatizm – o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, ularga qarshi urush ochishga olib boruvchi omil. U diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |