1.2. “Fronda” harakati
Fronda (1648-1653) shakllandi. Bu so‘zning ma’nosini aslo "bolalar o‘yini" emas, ko‘pincha uni "bolalar o‘yini" deb da’vo qiladilar "Fronda" - "sopqon" demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man etilgan edi. Sopkondan foydalanganlarni politsiya turmaga qamar edi. SHu sababli "Frondalash" qo‘chma ma’nodagi so‘zning asli ma’nosi tartibni buzish, ma’murlarga qarshi kurash edi. Fronda tarixi 2 davrga: "eski Fronda", yoki "parlament Frondosh", 1648-1649 yillardagi fronda davriga va "Yangi Fronda" yoki "shaxzodalar frondasi", 1650-1653 yillardagi fronda davriga bo‘linadi. Parij parlamentining to‘rtta oliy sud palatasi 1648 yilning may oyida birga to‘plandi va kirolning majlislarini to‘xtatish, to‘g‘risidagi buyruriga buysunishdan bosh tortdi.6
Ular "Aziz Lyudovik palatasi" deb nomlangan siyosiy va moliyaviy reformalar dasturini e’lon qildi. Bu reformalarda avvalo parlament zodagonlarining manfaatlari kuzda tutilgan edi. Birok, bu reformalarning ba’zilari burjuaziyaning va xalq ommasining keng doiralari manfaatlariga ham mos kelar edi. Palatalar Parij parlamenti tomonidan kuyilgan eski talabning tan olinishini, ya’ni qirol tomonidan yangi soliqlar joriy etish to‘g‘risida chiqarilgan xar bir farmon parlament majlislarida oldin tekshirilishi va erkin muxokama qilinishi kerakligi xaqidagi talabning tan olinishini talab qildilar. Buning ustiga yana bir talab, moliya masalalariga doir farmonlarni e’lon qilish va amalga oshirish ham parlamentga topshirilsin, degan talab qo‘yildi. 7
Palatalar kishilarni, aybini bo‘yniga qo‘ymay va aybdorlarni yigib turt soat mobaynida sudga olib kelmay turib, kamoqqa olishning takiklanishini talab qildilar. Moliya, politsiya va yustitsiya indentlari ya’ni qirol xokimiyatining viloyatlardagi asosiy agentlar batamom yo‘qotilishi kerak edi. So‘ngra italyanni (asosiy er solig‘ini) sotib olish sistemasini bekor qilish, barcha boqamonda soliqlarini olib tashlash va davlat xazinasini talon-taroj qilgan moliyachilarni jazolash uchun sud palatasi tashkil etish taklif qilingan edi. Vakolatli konstitutsion organ vazifalarini o‘z zimmasiga olgan Parij parlamentini burjuaziyagina emas, balki xalq ommasi ham qo‘llab-qo‘ltiqladi. Parlament qarorlarini dastak qilib, dehqonlar hamma joyda soliq to‘lashni to‘xtatdilar, shu bilan bir vaqtda ba’zi joylardagi senorlar foydasiga o‘tadigan majburiyatlarni ham ado etmay qo‘ydilar, xazina agentlarini qo‘llariga qurol olib quvdilar, natijada Mazarini xarakat boshliqlarini yo‘q qilishga urindi: u fransuz qo‘shinlarining Lanse yonida katta g‘alaba qozonganligi xaqida xabar tarqalganidan keyin vatanparvarlik tuyg‘usining yuksalishidan foydalanib, parlamentning ikkita mashxur yo‘lboshchisi qamoqqa olindi.8
Biroq bunga javoban, 1648 yilning 26-27 avgustida Parij xalqi ommaviy qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarib, bir kechada 1200 ta barrikada qurdilar. Parij burjuaziyalari qirol qo‘shinlariga qarshi plebeylar bilan yonma-yon turib jang qildi. Hukumat qamoqda olinganlarni xibsdan bushatishga majbur bo‘ldi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, hukumat maxsus deklaratsiya chiqarib, bu deklaratsiyani u "Aziz Lyudovik" palatasi talablarining ko‘p qismini qabul qilishga rozi bo‘ldi, ammo Mazarini yashirin suratda qarshi xujum qilishga tayyorlanmoqda edi.9
Fransuz armiyasini tashqi urushdan bo'shatib olmoq uchun, u Vestfaliya Myunster shahrida Gabsburglar bilan olib borilayotgan muzokaralarni tezlashtirishga xarakat qildi. Lekin Frantsiyaning og'ir ahvolga tushib, qolganligini bilgan Ispaniya sulx, tuzishdan bosh tortib, Frantsiya bilan Ispaniya o'rtasidagi urush xarakatlari o'ttiz yillik urush tamom bo'lganidan keyin yana 11 yil davom etdi. Germaniya sulh tuzishga, aksincha bajonu dil rozi bo'ldi. Frantsiyaning sulx tuzishga shoshilishi Germaniya imperatorini batamom tor-mor bo'lishdan xalos qilib qoldi.
G'alaba samaralarini ma'lum darajada qo'ldan berib qo'ygach, Mazarini allaqachon ishg'ol qilgan El`zasning bir qismigina Frantsiyaga qo'shib olinishi va Frantsuzlarning yuz yildan beri qo'l ostida bo'lib kelayotgan Mets, Tul va Verden qal'anlariga nisbatan bo'lgan huquqlarning rasmiy jihatdan tan olinishi bilan cheklandi. Vestfaliya sulxnomasi izzat hurmat bilan imzolanganidan keyin, oradan sal vaqt o'tmay, kutilmagan holda saroy a'yonlari Parijdan Ryuelga qochdi. Mazarini parlamentga va xalqqa bergan hamma va'dalaridan qaytdi. Rokrua va Loni yonidagi g'alabalar bilan shuxrat qozongan shaxzoda Konde boshchiligidagi qirol kushinlari 1748 yilning dekabrida Parijni qamal qila boshladi. Parijliklar o'z "burjua gvardiya" sini keng xalq lashkarlariga aylantirib, uch oy vaqt davomida qaxramonona jang qildilar.
Gien, Normandiya, Puatu va boshqa viloyatlar parijliklarga aktiv yordam berdilar. Qishloqlar "Mazarini" chilarga qarshi urush olib borish uchun qurollandilar. Qamal vaqtida Parijda burjuaziya bilan xalq o'rtasida uncha- muncha ixtilof ro'y berib, qambag'allar aldovchilarga qarshi g'alayonlar ko'tarib, ularning mol-mulklarini mudofaa ehtiyojlari uchun musodara qilishni talab etdilar.
Viloyatlardan Parij parlamentiga ommaning to'lqinlanayotganligi haqida ma'lumotlar kelib turdi. "Xalqning kun tartibida hamma vaqt qo'zg'olon masalasi turibdi"-deb xabar qilgan edi bir intendant. Angliyada qirolning qatl qilinganligi to'g'risidagi ma'lumotlar bu mansabdorlarga alohida ta'sir qilgan edi. Parijda tarqalgan ba'zi varaqalarda Anna Avstriyskaya va Lyudovik XIV ga nisbatan munosabatda inglizlardan ibrat olishda chaqirishgan edi. Uylarning devorlariga yopishtirilgan plakatlar va ko'chalarda nutq so'zlovchi notiqlar Frantsiyada respublika joriy qilishga chaqirdilar. Fronda vaqtida chiqarilgan varaqalar, broshyura va kitoblarda ko'pincha juda ilg'or, jasurona ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g'oyalar bor edi10.
"Erkin fikr" samarasi bo'lgan bu asarlarning frantsuz jamoatchiligi fikrining rivojlanishida roli juda katta bo'ldi. Frondaning birinchi davrining atoqli ideologlari, jumladan Mazarinaga qarshi mardonavor yozilgan asarlar va "Boshqa Olam va oyga sayohat" nomli ajoyib satirik asar avtori Serano de Berjerak hamda qirol hokimiyati xalq bilan tuzilmagan shartnomadan kelib chiqqan degan nazariyani ilgari surgan va vakolatli organ tomonidan cheklab qo'yiladigan burjua- dvoryanlar monarxiyasi o'rnatilishini talab etgan Klod Joli edi.
1649 yilning 15 martida kutilmagan holda sulh shartnomasi e'lon qilindi, bu shartnoma aslida parlamentning taslim bo'lishi edi. Saroy ahli Parijga tantanali sur'atda kirib keldi. "Parlament Frondasi" tamom bo'ldi. Burjuaziya yo'lboshchilarining o'zlari kurashni davom ettirishni to'xtatib, taslim bo'ldi.
Bu jihatdan qaraganda. Bardodagi voqealar ayniqsa xarakterlidir. Bardodada ministrlar ham qirol huzurida yuridik jiqatdan Rishel`e yoki Mazarini ishg'ol qilgan mavqeidan mutlaqo boshqacha bir mavqeini ishg'ol kilib keldilar. Qirol garchi masalaning mohiyati bilan mutlaqo qiziqmasa ham, hatto eng ahamiyatsiz bo'lgan davlat hujjatlariga ham shaxsan o'zi imzo chekar edi, ministrlar unga biron narsa to'g'risida aslo hech qanday e'tiroz bildira olmas edi.
Ikkinchidan, Lyudovik XIV ning 60-yillarda parlamentlarni, birinchi navbatda Parij parlamentini ilgari vaqtlardagi siyosiy mavqeidan va hatto ilgari vaqtlardagi "oliy tribunallari" degan dabdabali nomdan sekin-asta mahrum eta boshladi. Parij parlamentining ba'zi a'zolari surgun qila boshlandi. Bu vaqtlarda parlamentlar siyosiy hayotda burjua oppozitsiyasining qisman jarchisi bo'lib xizmat qilgan bo'lsa, endilikda ular byurokratik muassasa bo'lib qolishi kerak edi. 1668 yilda Lyudovik XIV ning parlamentga kirib, protokollar daftaridan Fronda davriga loyiq bo'lgan hamma varaqlarini o'z qo'li bilan yirtib tashladi va Lyudovik XIV ning parlament mansabdorlariga qaratilgan: "Janoblar siz o'zingizni davlat deb o'ylaysizmi"? "Davlat-men bo'laman"! Degan mashhur so'zlarini shu paytda aytgan edi11.
1673 yilda parlament o'zining asosiy huquqlaridan, uni siyosiy kuchga aylantirgan huquqdan, ya'ni qirol chiqargan qonunlarni to'xtatish va bu qonunlar ustiga o'z e'tirozlarini yozib qo'yish huquqidan mahrum etildi. Bu yerdagi harakat yo'lboshchilari ingliz Levellerlari bilan mustahkam aloqada bo'ldilar va ularning g'oyalarini, jumladan yalpi saylov huquqi berish talabini qabul qildilar.
Manufaktura-kapitalistik ukladning mavjudligi eski hukmron ishlab chiqarish munosabatlari bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning yangi xarakteri o'rtasidagi muvofiqsizlik tug'ilganini ko'rsatdi, bu muvofiqsizlik frantsuz burjuaziyasi ayrim doiralarining feodal-absolyutik rejimga qarshi bosh ko'tarishga qarshi bo'ldi. Biroq bu uklad feodalizmning revolyutsion yo'l bilan ag'darilishi batamom ob'ektiv imkoniyatga va zaruratga aylantiradigan darajada rivojlanmagan edi. Garchi revolyutsion harakatlar ko'tarilgan va revolyutsion g'oyalar vujudga kelayottan bo'lsa-da, lekin u vaqtda burjuaziya hali 150 yildan beri o'ynagan rolini bajara oladigan sinf bo'lib yetishmagan edi,
Do'stlaringiz bilan baham: |