Mavzu: Fransiya va prussiya urushi va uning tarixiy ahamiyati. Reja



Download 71 Kb.
bet5/6
Sana31.05.2022
Hajmi71 Kb.
#623736
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fransiya va prussiya urushi va uning tarixiy ahamiyati.

Urushning oqibatlari


Umuman olganda, ushbu mojaroning bir nechta oqibatlarini ko'rsatish mumkin. Bularga Ikkinchi Frantsiya imperiyasining oxiri, Napoleon III ning qulashi va Germaniyaning birlashishiga to'sqinlik qilmaslik kiradi.
Chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko`plab kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy yo`ldoshi bo`lib qolgandi. Shuning uchun ham 1870-yil yanvar oyida Parijda o`tkazgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi. Mamlakatda Napoleon III rejimiga qarshi burjua oppozitsiyasining noroziligi ham kuchayib borardi. Fransiyaning xukmron doiralari o‘sha og‘ir krizisdan qutilishining birdan – bir yo‘li urush deb bilishdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g`olibona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo`lardi. Buning uchun esa urushda g`alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo‘1 qo`ymaslik va Germaniyaning ba’zi hududlarini bosib olishi zarur edi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiyaning hukmronligini mustahkamlashga to`siq bo`lgan Fransiyani yengish va Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomonlarga urushni boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.
Urushga bahona (Ispan taxtiga da’vo masalasidagi murosasozlik). “Fransiya – Germaniya urushining boshlash uchun faqat bahona topish kerak edi. Ispaniya taxtiga kimni o`tqizish masalasi — urushning boshlanishi uchun bahona bo`ldi. Xo`sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? o`zining bir vaqtlardagi qudratini yo`qotgan Ispaniyada 1868- yilda inqilob yuz berdi. 1868-yilda Ispaniyada ro‘y bergan inqilob tufayli qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo`ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaning taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.”1
Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o`rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Fransiya taxtga o`z nomzodini, Germaniya esa o`z nomzodini qo`yishga harakat qildi. Ispan kortesi (parlament) taxtga pruss qirolining qarindoshi shahzoda Leopold GogensollernZigmaringenning Ispaniya taxtiga, qirolicha Izabella ag‘darilgandan so‘ng, nomzod etib ko‘rsatilishi bilan bo‘lg‘usi keskin vaziyatni keltirib chiqardi. Fransiya hukumati bunga norozilik bildirdi. Chunki mamlakatning janubiy chegaralarida pruss ta’sirining ortishi, Fransuz manfaatlariga mos kelmas edi.
Fransiya hukumati, Prussiyaning ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab norozilik bildirdi. Fransiya hukumati Germaniyadan o`z nomzodidan voz kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm II bunga rozi bo`ldi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko`rsatmasligini, hozir ko`rsatgan nomzodidan taxt davosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi. Qirol Ispan taxtiga Leopold nomzodini qattiq turib tavsiya etmasligini bildirardi.
Darhaqiqat, 12 iyulda Leopold Gogensollern - Zigmaringen Ispaniya taxtidan voz kechganligini rasmiy suratda e’lon qildi.
Lekin, Prussiyada ham, Fransiyada ham ashaddiy harbiy doiralar bu janjalning tinch tugaganidan norozi bo‘lib qoldilar. Bu janjalni chiqarishda xizmat ko‘rsatgan Bismark o‘ziga itoat qiluvchi matbuot orqali “Germaniya xo‘rlandi” deb shov-shuv ko‘tardi va qulay payt poylab turdi.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish