Bog'liq Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi
4. fransiya-prussiya urushining yakunlari. frans-pruss yarash sulhini imzolanishi. Armiyaning marshal Bazen rahbarlik qilayotgan so‘l qanoti g‘aflatda qolib, Mets yonida og‘ir janglarga duchor qilib qo‘ydi, natijada mag‘lubiyatga uchradi. Fransuz askarlari bu janglarda zo‘r qahramonlik va matonat ko‘rsatdilar, lekin Bazen Mak-Magon armiyasi bilan qo‘shilish uchun so‘nggi imkoniyatdan foydalana olmay, butun armiyasini Mets qal’asiga qamab qo‘yishlariga imkon berdi, bu yerda Bazen armiyasini nemislarning ustun turgan kuchlari qurshab oldi. Bazenning xatolari va kamchiliklari o‘sha vaqtdayoq xiyonatkorlik deb baholangan edi.
Mak-Magon ixtiyorida 120 mingdan ortiq qurolli kishi bor edi. Lekin Mak -Magon qo‘shinlari olg‘a tomon tez va dalil bormadi. U Parijdagi istehkomlarga tayanib ish ko‘rish uchun Parijga bormoqchi edi, lekin xalqni yolg‘on axborotlar bilan aldab kelgan hukumat: chekinib kelayotgan armiyani va bu armiyadagi imperatorni ko‘rgan xalq inqilob boshlab yuboradi, deb qo‘rqib Mak-Magonga Metsda Bazen bilan borib qo‘shilishni buyurdi. Mak-Magon dushman kuchlariga duch kelib, shimoliy-sharqqa burildi va biron - bir maqsadni ko‘zlamay, soldatlarni holdan toydiradigan yurishlar qilib, oqibatda o‘z armiyasiga fransuz qo‘mondonligining hamma xatolaridan ustalik bilan foydalangan dushman zarbalariga tutib berdi.
“30- avgustda Mak-Magon armiyasi Bomon yonida yana mag‘lubiyatga uchradi va orqaga chekinib borib keyinchalik, Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida juda noqulay pozitsiyalarda to‘xtadi. Bu yerda fransuz armiyasini nemislar qurshab oldi. Nemislar tevarak atrofdagi tepaliklarga juda kuchli artileriyani joylashtirib olib, Sedan soyligida qopqonga tushgandek, qamalib qolgan fransuz armiyasini 1-sentabr erta tongdan to‘pga tuta boshladi. O‘sha kuni kuni 140 ming kishilik nemis armiyasi to‘plar yordamida ketma ket uyushtirilgan xujumi natijasida katta qurbonlar berishdi.”1 Soldatlar va ofitserlar dushmanning o‘zlaridan ustunlik qiladigan kuchlariga qarshi g‘oyat zo‘r qahramonlik va jasorat bilan jang qildilar, lekin ular ko‘rsatgan jasorat va qurbonliklarning hammasi behuda ketdi.
“Ikkinchi imperiyaning iste’dodsiz lashkarboshilari askarlarni g‘alabaga olib borish u yoqda tursin, hatto milliy bayroq sha’ni uchun jang qilishdan ham ojiz edilar. Mak- Magon jang boshida yengil yarador bo‘lgandan keyin, armiyani o‘zi halokat yoqasiga keltirib qo‘ygan bo‘lsa ham, o‘zini javobgarlikdan olib qochish uchun darrov qo‘mondonlikni zimmasidan soqit qila qoldi. Uning o‘rnini egallagan gen. Vimpenning harakatlari ham og‘ir ahvolni o‘zgartirmadi. Qariyib 12 soat davom etgan jang harakatlari oqibatida sharmandali mag‘lubiyat ro‘y berdi. Fransuz soldatlari sharoit juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, qat’iy jangga shaylanib turgan edilar. Lekin, kunduzi soat 3:00 da Sedanga etib kelgan imperatorning o‘zi shahar markazidagi minorada oq bayroq o‘rnatishga buyruq berdi, o`zining qilichini esa Prussiya qiroliga jo`natishga majbur bo`ldi. Imperator buyrug‘iga asosan Metsga yordamga borayotgan Mak-Magon armiyasi prussiyaliklar tomonidan Sedanga surub chiqarildi va o‘sha yerda qurshab olindi. Imperator Napoleon III ham Mak-Magon armiyasida edi. qurshovda qolgan Mets qal’asidagi Fransuz qo‘shinlari urush harakatlarida ishtirok eta olmadi, O‘sha og‘ir janglarda Fransuzlardan 3 ming kishi o‘ldi, 14 ming jangchi qattiq jahorat olishdi.
Fransuz armiyasining Sedan bo‘yidagi mag‘lubiyati Parijda norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. Natijada imperator va xukumatning obro‘i butunlay barbod bo‘ldi. keyinchalik, o‘sha yilning 27- oktabrida dushmanga to‘la taslim bo‘ldi. Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki nemis armiyasining qurshoviga tushib Sedan daryosi bo‘yida g‘oyat noqulay past ham joyiga to‘planib qolishgan.
2-sentabrda fransuz imperatori butun Mak-Magon armiyasi bilan taslim bo‘ldi. Prussiya armiyasi muvafaqqiyati ko‘p jihatdan son bo‘yicha ustunlik evaziga erishildi. Fransiya-Prussiya urushining barcha janglarida (16- avgustdagi Mars-Lya-Turdagi jangdan tashqari) son jihatdan ustunlikda g‘alaba qozonildi. Barcha kuchlarni bir frontda-Fransiyaga qarshi mujassam etish imkoniyatiga ega bo‘lish-bu Prussiya uchun katta siyosiy yutuq edi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming kishilik armiya Napoleon boshchiligida taslim bo`ldi. Napoleon III Sedanda o`z Vaterloosini topdi. 100 ming kishilik ikkinchi armiya ham Mets qaPasida qurshovga tushib qoldi. Endi, Fransiya Germaniyaga tahdid sola olmas edi. Bu mag`lubiyat, ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining ham halokati bo`ldi. 2-sentabrda jami 3 ming kishini talafot bergan fransuz armiyasi imperator Napoleon boshliq 82000 soldat, ofitserlar bilan g‘oliblarga taslim bo‘ldi. Fransiya olib borgan urushlar tarixda misli ko‘rilmagan bu sharmandalik ikkinchi imperiya halokatining qonuniy xotimasi edi.”1