Mavzu: Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi; reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Urushga bahona (Ispan taxtiga da’vo masalasidagi murosasozlik). “



Download 2,44 Mb.
bet5/13
Sana30.04.2022
Hajmi2,44 Mb.
#598780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi

Urushga bahona (Ispan taxtiga da’vo masalasidagi murosasozlik). “Fransiya – Germaniya urushining boshlash uchun faqat bahona topish kerak edi. Ispaniya taxtiga kimni o`tqizish masalasi — urushning boshlanishi uchun bahona bo`ldi. Xo`sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? o`zining bir vaqtlardagi qudratini yo`qotgan Ispaniyada 1868- yilda inqilob yuz berdi. 1868 yilda Ispaniyada ro‘y bergan inqilob tufayli qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib ketishga majbur bo`ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi) Izabellaning taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.”1
Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o`rtasida Ispaniya taxti uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Fransiya taxtga o`z nomzodini, Germaniya esa o`z nomzodini qo`yishga harakat qildi. Ispan kortesi (parlament) taxtga pruss qirolining qarindoshi shahzoda Leopold Gogensollern-Zigmaringenning Ispaniya taxtiga, qirolicha Izabella ag‘darilgandan so‘ng, nomzod etib ko‘rsatilishi bilan bo‘lg‘usi keskin vaziyatni keltirib chiqardi. Fransiya hukumati bunga norozilik bildirdi. Chunki mamlakatning janubiy chegaralarida pruss ta’sirining ortishi, Fransuz manfaatlariga mos kelmas edi.
Fransiya hukumati, Prussiyaning ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab norozilik bildirdi. Fransiya hukumati Germaniyadan o`z nomzodidan voz kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm II bunga rozi bo`ldi. Biroq, bu rozilik Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan taxti uchun nomzod ko`rsatmasligini, hozir ko`rsatgan nomzodidan taxt davosidan butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi. Qirol Ispan taxtiga Leopold nomzodini qattiq turib tavsiya etmasligini bildirardi.
Darhaqiqat, 12 iyulda Leopold Gogensollern - Zigmaringen Ispaniya taxtidan voz kechganligini rasmiy suratda e’lon qildi.
Lekin, Prussiyada ham, Fransiyada ham ashaddiy harbiy doiralar bu janjalning tinch tugaganidan norozi bo‘lib qoldilar. Bu janjalni chiqarishda xizmat ko‘rsatgan Bismark o‘ziga itoat qiluvchi matbuot orqali “Germaniya xo‘rlandi” deb shov-shuv ko‘tardi va qulay payt poylab turdi.
Fransiyada 12-iyul kuni kechqurun bo‘lgan imperator kengashida, erishilgan natijalar bilan qanoatlanib qolmay, Prussiyaga yangi talablar qo‘yilsin, degan qaror qabul qilindi. Harbiy ministr Lebef: “Biz tayyormiz, biz shaymiz, armiyamizda hamma narsa, so‘nggi askarning getridagi so‘nggi tugmasigacha hamma narsa joyida”,-degan mashhur g‘amgin nutqini ham o‘sha vaqtda so‘zlagan edi.
Ertasiga, 13 iyul kuni Benedetti Parijdan olgan topshiriqqa amal qilib, Vilgelm I ga Fransiya hukumatining yangi talablarni qo’yadi:
-- agar Leopold Ispaniya taxtini egallash uchun yana o‘z nomzodini qo‘yadigan bo‘lsa, Vilgelm I hech qachon norozilik bildirmasligi to‘grisidagi talabni qo‘ydi. Bu talab atayin qilin qilingan haqoratomuz talab bo‘lganligidan Vilgelm uni bajarishdan bosh tortdi. Elchi o‘sa kuni qirol huzuriga ikkinchi marta kirmoqchi bo‘lganida, qirol uni qabul qilmadi Ertasiga qirol Benedetti bilan uchrashib unga, muzokaralar Berlinda davom etish mumkinligini bildirdi. O‘shandayoq Emsdan Bismarkka telegramma yuborilgan edi, bu telegrammada qirol bilan Fransiya elchisi o‘rtasida 13-iyulda bo‘lgan suhbat mamuni bayon qiligan edi.
Bismark Emsdan olingan telegramma matnini shunday qisqartirib yubordiki, natijasida uning ma’nosi juda o‘zgarib ketib, Fransiya uchun, uning milliy sha’ni uchun isnod keltiradigan mazmun hosil bo‘lgan edi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Bismark o‘zining memuarlarida buni yozgan edi. Ana shu tariqa soxtalashtirilgan “Ems depeshasi”ni Bismark matbuotda e’lon qildi. Natijada Bismarkning ayni muddaosidek bo‘lib chiqdi.
15-iyulda Fransiya hukumtining boshlig‘i Olive Qonun chiqaruvchi korpusdan armiyaga rezevdagilarni chaqirish uchun kredit berilishini talab qildi va buning oqibatlari uchun javobgarlikni “bamaylixotir” o‘z zimmamga olaman, dedi. “Bonapartchi agentlar va korjoma kiyib olgan politsiyachilar Parij ko‘chalarida namoyishlar uyushtirdilar, milliy bayroqlar va imperatorning suratlarini ko‘tarib olib, “Berlinga!” degan urushqoqlik shiorlarini aytib bordilar”1
Reynning har ikkala tomonida hukmron sinflar avj oldirayotgan ashaddiy shovinizmga fransuz va nemis ishchilar sinfining birdamligi qarama- qarshi turardi. Internatsional a’zolari bo‘lgan fransuz ishchilari 1870- yil 2- iyul xitobnomasidagi nemis ishchilarini birgalikda harakat qilishga va Reynning ikkala tomonidagi istibdodga qarshi kurashga da’vat qildilar.
Lekin na fransuz va nemis ishchilar ahvolni o‘zgartirish va urushga qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli kuchga ega emas edilar. Har ikki mamlakatda urushga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘rishayotgan edi. Nihoyat, 19- iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish