MAVZU:FRANSIYA IKKINCHI IMPERIYA DAVRIDA.
REJA:
KIRISH
I.BOB. FRANSIYDA INQILOB NAPOLEON BONAPART HUKUMATI.
I.1.Buyuk Fransuz Burjua inqilobi.
I.2.Napoleon Bonapartning xokimiyat tepasiga kelishi.
II.BOB. FRANSIYADA IKKINCHI IMPERIYA.
II.1.Ikkinchi imperiyaning ijtimoiy mohiyati
II.2.Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiy taraqqiyot, ichki va tashqi
siyosati.
II.3.Ikkinchi imperiya davrida ijtimoiy siyosiy harakatlar va imperiyaning
inqirozi
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish.
XVIII asrning 80-yillari oxirida Fransiyada feodal-mustabid tuzumning inqirozi keskinlashdi.
1787-1789 yillarda savdo-sanoat inqirozi yuz berdi. Bu inqirozni 1776 yilda Angliya bilan
imzolangan shartnoma keltirib chiqardi. Bu sharlnomaga ko'ra, fransuz bozorlari ancha arzon
narxdagi ingliz mahsulotlari uchun ochib qo'yildi. Mamlakatning ishlab chiqarishida turg'unlik
davri bohlanib, ishsizlar soni keskin oshdi. 1788 yilgi qahraton qish tufayli qishloq xo'jalik
ekinlarini hosildorligi tushib, g'lla tanqisligi natijasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib
ko’di. Xalq ommasining ahvoli og'irlashdi.
Hukumatning ushbu inqirozdan chiqish uchun layoqatsizligi ro'y-rost ma'lum bo'ldi.-Davlat
qarzi 1,5 milliard frankni tashkil qilib, 1789 yilga kelib, keyingi 14 yil ichida u 3 barobar
oshdi. Monarxiya moliyaviy bankrotlik bo'sag'asiga kelib qoldi. Bosh nazoratchi Tyurgo
soliqlarning bir qismini imtiyozli tabaqalarga ham joriy qilishni taklif qildi. Hatto toifalarga
qaramasdan umumiy yer solig'ini solish to'g'risida loyiha ishlab chiqildi.
1787 yil davlatning ikki imtiyozli tabaqalari - dvoryanlar va ruhoniylardan yordam olishga
umid qilgan monarxiya ularning orasidan saylab olingan vakillar - - notabllar majlisini
chaqirdi. Ammo ular qirol tomonidan taklif qilingan islohotlarni tasdiqlashdan bosh tortdilar
va qirolning hokimiyatini o'zlarining manfaati yo'lida cheklashga urinib, Bosh shtatlarni
chaqirishni talab qildilar. 1614 yildan beri Bosh shtatlarning chaqirilmay kclinishiga sabab 3-
tabaqaning siyosiy talablar bilan chiqishi edi. Bosh shtatlarning chaqirilishi, 1789 yilning
bahoriga tayinlandi. Shahar va qishloqlarda tabaqalarning talablariga mos ravishda
deputatlarning nakazlari ishlab chiqila boshlandi. Ko'pchilik dehqonlarning nakazlarida
siyosiy talablar qo'yilmadi, ammo ularda "ahmoqona odatlarni" bekor qilish, soliqlarni
kamaytirish kabi talablar mavjud edi. Savdogarlarning nakazlari asosan o'rta asrlardan beri
mavjud bo'lgan sanoat reglamentatsiyasini bekor qilishni, barcha tabaqalarni bir xilda soliqqa
tortishni va qisman qirol hokimiyatini cheklashni talah qilmoqda edi. Hatloki, xalq orasida
Bosh shtatlar tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan "konslitutsiya" so'zi ommalashdi.
Qirol Lyudovik XVI (1774-1792 yil) bir qancha yon berishlarga majbur bo'ldi. Mamlakatning
moliya, sanoat va savdo bo'yicha bosh nazoratchisi lavozimiga sanoatchi moliyachilar orasida
tashkil bo'lgan mo'tadil islohotlar tarafdori, shveytsariyalik bankir Nckker taklif qilindi.
Saylovchilarning sonidan kelib chiqqan holda, 3-tabaqa deputatlarining soni 2 marotabaga
oshdi. Mamlakatning 25 yoshga yetgan, doimiy yashasb joyiga ega bo'lgan va soliqlarni to'lab
turgan barcha erkak aholisi saylash huquqiga ega edi. Ovoz berish awalgidek tabaqalar asosida
bo'Iishi rejalashtirildi. Fransiyada aholoni mulkiy ahvoliga qarab emas, balki ular
foydalanayotgan imtiyozlarga ko'ra tabaqalar bo'yicha bo'lish qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |