Mavzu: Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar


Foyda hajmiga ta’sir etuvchi omillar



Download 198 Kb.
bet7/11
Sana25.02.2022
Hajmi198 Kb.
#462675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKRO YULDUZ Foydani iqtisodiy mazmuni ,uning turlari va unga ta’sir(1)

4. Foyda hajmiga ta’sir etuvchi omillar
Foyda va uning hajmiga ta’sir etuvchi omillar Foyda - korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag`lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo`jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko`rsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi bo`lib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, i.ch. omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini ta`minlaydi.Foydaning mazmuni. Foydaning normasi va massasi. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlanganidan keyin qoladiga qismi foyda deb yuritiladi. Korxona foydasining mutloq miqdori ya'ni yil davomida olingan foyda xajmi uning massasini tashkil kiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Foyda normasini xisoblash:
1. P/ = ( P / W ) * 100 bu yerda: P/ - foyda normasi P – foyda massasi W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish harajatlari
2. P/ = ( P / Kаvаns ) * 100 bu yerda P/ - foyda normasi P – foyda massasi K – avans.Foyda va uning miqdorini belgilovchi omillar. Korxona foydasi Korxonaning barcha pul daromadlari va qilingan sarf – xarajatlari o`rtasidagi farq. Korxona sof foydasi Korxona umumiy foydasidan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.Buxgalteriya foydasi sotilgan maxsulot uchun olingan umumiy pul tushumlaridan ishlab chiqarishning tashki xarajatlarini chiqarib tashlash yo`li bilan aniqlanadi. Foyda massasi Korxona olgan foydasining umumiy xajmi yoki mutloq miqdori Foyda normasi,foyda massasi yoki mikdorining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasi.Foyda miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillar: Ishlab chiqarish xarajatlari darajasi Bozor baholari darajasi Yalpi foyda hosil bo`lishi va taqsimlanish Pul daromadlari tushumi Ishlab chiqarish xarajatlari Yalpi foydaYalpi Foyda Renta to`lov-lari Foiz to`lov-lari Sof foyda Soliqlar Xayriya va boshqa fondlarga to`lovlar Investit-siyalar Kadr-lar tayyorlashga Ijtimoiy fondlarga Ekologiyaga ajratmalar Korxona egasi va shaxsiy daromadAmaliyotda FOYDA(F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F.
3. Omilga bog`liq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh , natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi ko`payadi, buning tarkibidagi Foyda ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bog`liq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar o`zgarmay kirilgan taqdirda xarajatlarning pasayishi Foydani ko`paytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bog`liq. Mehnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali Foydani ko`paytiradi. Shu sababli Foydani ko`p olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi.Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi. Buxgalteriya xarajatlari buxgalteriya foydasi Tashqi xarajatlar Ichki xarajatlar Daromad ishlab chiqarish xarajatlari Iqtisodiy foyda Normal foyda Buxgalteriya atamasi bo’yicha umumiy tushum tarkibi Iqtisodchilar atamasi bo'yicha Xarajatlar pasaygan sharoitda Foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir bo`lib, ularning bozor narxi oshsa, o`z o`zidan va xarajatlardan qatiy nazar, Foyda ortadi. Narxning foydaga ta`siri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda ko`rish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng ko`p olishga, ya`ni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda mikdoriga ta`sir etuvchi omillarni ishga soladi. Foydaning o`z o`lchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (G`) nisbiy ko`rsatkich bo`lib, kapital qanday ishlatilib, qanday foyda ko`rilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi
Foyda ko`rilgan. Foyda normasi kapitalining naqadar samarali aniqlanadi.
ishlatilishini bildiradi. Foyda ko`rish tadbirkorlikning maqsadi bo`lganidan har doim Foyda normasini oshirishga intilish saqlanib qoladi. Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik ko`p bo`lsa, Foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar Foyda normasi goqori bo`lsa, oz kapital bilan ham ko`p Foyda olish mumkin, bordiyu Foyda normasi past bo`lsa, kapitalni ko`paytirib Foyda ni ko`paytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham Foyda normasi, ham kapital summasi katta bo`lishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan Foyda massasi qisqargan chog`da, bu yo`qotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital ko`paytiriladi. Olingan F.ning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital ko`payadi. Natijada Foyda normasi pasaygan chog`da ham olinadigan Foyda miqdori qisqarmaydi. Agar Foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq ko`paysa Foyda massasining ortishi yuz beradi.Qayerda hosil bo`lishiga qarab sanoat, tijorat, bank, servis, agrobiznes va Foyda turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil bo`lishiga qarab oddiy va ustama Foydaga bo`linadi. Oddiy foyda erkin — mukammal raqobat sharoitida ko`pchilik tadbirkorlar oladigan Foydadir. Ustama Foydani firmaning monopol mavqei, ya`ni tovarlar taklifining tanho yoki ozchilik firmalar qo`lida to`planishi yuzaga keltiradi. Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni, ya`ni narxlarga ta`sir etish imkoniyatini beradi. Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan ustama foyda oladi. Foyda nima hisobidan yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va omad Foydadan iborat bo`ladi. Normal Foydani tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng kam deganda malakali ishchi yoki mutaxassisning ish haqiga teng bo`lishi kerak, aks holda tadbirkorlik bilan mashg`ul bo`lish o`rniga yollanib ishlash ma`qul bo`ladi.Bundan foyda xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar xarajatlarga teng narx bilan sotilganda ham tadbirkor daromad topadi va biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish kapital sohibidan menejerlarga o`tgan taqdirda normal foyda ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy foyda xarajatlar bilan daromad o`rtasidagi farkdan iborat, uni kapital yaratgani sababli bu foyda kapital egasiga tegadi. Omad Foydasi — bu Foydani bozor konyu`yunkturasidagi juz`iy o`zgarishlar yuzaga keltiradi. Bozorda talab vaktinchalik oshib, narxlar ko`tarilganda omad Foydasi hosil bo`ladi. Iqtisodiyotda tavakkalchilik Foydasi ham bor. Bu tavakkaliga ish qilgani uchun biznes egalariga tegadigan mukofot hisoblanadi. Foyda ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan soliklar to`lanadi. Kapital qarzga olinganda foydaning bir qismi foiz qarzlarini to`lashga ajratiladi. Foydaning firmada qolgan qismidan ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik jamiyati bo`lsa, Foydadan dividend to`lanadi, xayr ehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha chegirilishdan so`ng qolgan foyda taqsimlanmagan yoki tutib qolingan foyda hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda qanchalik ko`p bo`lsa, firmaning o`z mablag`i hisobidan investitsiyalash imkoni shunchalik katta bo`ladi. Firmaning o`zida qolgan foyda investitsiya orqali kapitallashadi, ya`ni asosiy va aylanma kapitalga kelib qo`shiladi. Bu firmalarning iqtisodiy salohiyatini oshiradi.Yalpi foydaning taqsimlanishi.Yalpi foyda Soliqlar Xayriya va boshqa fondler Sof foyda Kredit uchun foiz ijara xaqi tadbirkorlik daromadi Ijtimoit fanlar kadrlarni tayyorlash Atrof-muhit muxofazasi jamg’arish foyda bozor mexanizmidagi muhim iqtisodiy vosita hisoblanadi. foydaga intilish resurslarni kerakli sohalar o`rtasida taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun narx pasayib foyda kam olinadigan soxalardan chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga doimo ko`chib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iqtisodiyot o`sadi. Foyda
ning ko`p bo`lishi mamlakat iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini oshirishga xizmat qiladi.Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o`tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog`ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo`shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo`lmaydi; ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so`ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko`rinishida to`liq namoyon bo`ladi.Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo`shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko`rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo`shimcha mahsulot yoki qo`shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko`ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo`lgan taqdirda foyda oladilar.Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan kеyin qolgan qismi foyda dеb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda dеb ham yuritiladi. Bizning misolimizdagi korxonada «A» mahsulotni ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 60 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 40 mln. so’m (100 mln. – 60 mln.) ga tеng bo’ladi. Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga kеladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi. Dеmak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko’ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo’lgan taqdirda foyda oladilar. Dеmak, ishlab chiqaruvchi foydasi (Fich) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (Nu) o’rtasidagi farqdan iborat: .Bundan ko’rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi. Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo’linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilg’i, enеrgiya, ishchi kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni rеalizatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo’shimcha muomala xarajatlariga bo’linadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo’shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish