mavzu. Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari faniga kirish
Reja:
1.Fanning qisqacha rivojlanish tarixi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar.
2.Fanning hozirgi holati va uning kelgusida rivojlanish istiqbollari. 3.Foydali qazilmalarni boyitishda qo’llanilishi, fanning tuzilishi va asosiy vazifalari.
Tayanch iboralar oddiy rudalar, monometall rudala, murakkab rudalar, komponent, polimetall rudalar, tayyorlash jarayonlari, sosiy jarayonlar, yordamchi jarayonlar
O‘zbekistonda qo‘rg‘oshin va rux minerallariga boy konlar ham ko‘plab topilgan. Qurama tizmasining Olmaliq hududida Qo‘rg‘oshinkon, Kushmansoy, Miskon konlari va G‘ussor tizmalarida Xandiza, shuningdek Uchquloch, Sariqkon, Konjaylov, Kulcho‘loq va boshqa polimetall rudali konlar topilgan.
Volfram konlari asosan Nurota, Zirabuloq, Qoratepa va Chaqilkalla tizmasida joylashgan. Geologlarning e’tiborini tortgan konlar Langar, Qo‘ytosh, Ingichka, Qoratepa, Yaxton bo‘lsa, kichik konlar sirasiga Choshtepa, Komangaran, Jom, Sariqkon va Sazaganlar kiradi. Garchi molibden misli polimetall rudalar tarkibida uchrasa ham ayrim minerallari yaxlit sheyelit–molibdenit holida (Chovata, Unkurtosh-Chotqol tizmalarida va Shovg’az Qurama tizmasida), skarna-molibdeniy holida (Chimgan-Chotqol tizmasida) va skarno-sheyelit- molibdenit va xalkopirit bilan (Olmaliq kon hududlarida) ham keng uchraydi.
Uran tarkibli rudalar zahirasi O‘zbekistonning juda ko‘p tog‘li va qumli xududlarida topilgan va deyarli to‘liq o‘rganilgan. Uchquduq xududida Altintaus, Sugrali, Beshbuloq konlaridan tashqari Markaziy Qizilqum atrofida Bobursoy, Ketmonchi, Meylisoy, Nurota tizmalari bag‘rida esa Shimoliy Konimex, Shimoliy va Janubiy Bukinay kabi uranli rudalarni qazib olishni ta’minlaydigan zaxiralar ilmiy tadqiqot natijasida o‘rganilgan.
O‘zbekistonning oltin konlari haqida alohida to‘xtalib o‘tishning sabablaridan biri konlarda oltinni murakkab holda ajratib olish qiyin bo‘lganligi uchun ham boyitish usullari qo‘llanilib, boyitma yoki yarim mahsulot olinishi keng qo‘llanilmagani zamonga xos doimo yangilik va yangi tadqiqotlar o‘tkazilishi davr talabi, taqozosi ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Davlat geologiya fondi tomonidan Respublikada 600 dan ortiq oltin tarkibli katta va kichik konlar hisobga olingan va o‘rganib chiqishgan. Hozirda faoliyat yuritib kelayotgan 3 ta kon xududi shartli bo‘linganligini ma’lum qiladi. Eng asosiysi bu Qizilqum xududi bo‘lib, unga Muruntov, Ko’kpatas, Daugiztau, Myutenbay, Besapantau, Amantaytau, Adjibugut, Altintau, Aytim va boshqalardir. Nurota-Samarqand xududidagi konlarga Charmitan, Gujumsoy, Sarmich, Marjonbuloq, Altinqazg‘an, Biran va boshqalar kiradi.
Ushbu darslik konchilikka oid barcha mutaxassislikdagi talaba va o‘qituvchilar uchun eng asosiy qo‘llanma bo‘ladi, degan xolisona niyat bilan yozildi. Unda nafaqat foydali qazilmalarni qayta ishlash yoki qayta ishlashga tayyorlash, balki boyitish texnologiyasi ham batafsil misollar, amaliy ko‘nikmalar bilan berilgan. Deyarli barcha maydalash, yanchish, tasniflash, suzish, cho‘ktirish, quritish kabi qayta ishlash usullari hamda boyitishning keng qo‘llaniladigan flotatsiya va gravitatsiya usullari tushunarli keltirilgan hamda barcha ta’sir etuvchi omillari misollar, formulalar orqali yoritib berilgan.
Mualliflar ushbu darslik borasidagi o‘z tanqidiy va taklifli fikrlarni bajonidil qabul qiladi va kelgusi qayta nashrlarida e’tiborga oladi.
Boyitish fabrikalari har xil foydali qazilmalarni qanday usulda boyitilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: flotatsiya, gravitatsiya, magnit.
Flotatsiya usulida boyituvchi fabrikalar - rangli, kamyob va noruda foydali qazilmalarni boyitishga mo‘ljallangan.
Gravitatsiya usulida boyituvchi fabrikalar – ko‘mir, marganetsli, fosforli rudalar va nodir metalli rudalarni boyitish uchun mo‘ljallangan.
Magnit usulida boyituvchi fabrikalarda asosan temir rudalari boyitiladi.
Maydalash-saralash fabrikalarida temir va ohaklarni maydalash va g‘alvirlash jarayonlari amalga oshiriladi.
Kombinirlangan jarayonlar qo‘llaniladigan boyitish fabrikalari bir nechta mineraldan tarkib topgan, masalan, volframli va qalayli rudalar yoki temir rudalari flotatsiya, gravitatsiya va magnit usulida boyitiladi.
Ish unumdorligi kichik bo‘lgan boyitish fabrikalari 1500t/sutkagacha rudalarni qayta ishlashi mumkin.
Ish unumdorligi o‘rtacha bo‘lgan boyitish fabrikalari 1500-9000 t/sutkagacha
Ish unumdorligi katta bo‘lgan boyitish fabrikasi 9000-27000 t/sutkagacha
Ish unumdorligi juda katta bo‘lgan boyitish fabrikalari 27000 t/sutkadan yuqori bo‘lgan fabrikalardir.
Boyitish fabrikalaridan olinadigan boyitma sifatiga bo‘lgan talablar quyidagicha:
Qo‘rg‘oshin boyitmasi tarkibida 30-70% qo‘rg‘oshin va 2,5-12% rux, 5-4% mis bo‘lishi mumkin. Rux boyitmasi tarkibida 53-40% rux, 7-16% temir bo‘lishi mumkin. Mis boyitmalari tarkibida 45-10% mis, 7-19% qo‘rg‘oshin, 6-19% rux uchraydi. Molibden boyitmalari tarkibida 50-47% molibden,5-7% kremniy oksidi, 0,07-0,15% fosfor, 0,5-2,0% mis, 0,07% mishyak, 0,07% qalay bo‘lishi mumkin;
Volframli boyitmalar tarkibida 65-60% volfram, 11-18% marganets, 5% kremniy oksidi, 0,03-0,06% fosfor, 0,05-0,1% mishyak, 0,2-0,5% qalay, 1,5% oltingugurt, 0,1-0,5% mis bo‘lishi mumkin. Sheyelit boyitmasi tarkibida 55-50% volfram, 4% marganets, 10% kremniy oksidi, 0,2% qalay, 0,3-0,8% mis, 0,08-0,11% fosfor, 0,05-0,1% mishyak, 1,5% oltingugurt bo‘lishi mumkin.
Qalay boyitmasi tarkibida zararli qo‘shimchalar kremniy oksidi, temir,oltingugurt va mis hisoblanib, uning tarkibida 60-40% qalay, 11-19% kremniy oksidi, 6-11% temir, 3-7% alyuminiy oksidi, 3-6% oltingugurt va 0,2-0,5% mis uchrashi mumkin.
Foydali qazilmalar uch turga bo‘linadi: rudali, noruda va yoqilg‘ilar. Hozirgi zamon texnikasi va boyitishning texnologiik jarayonlarida ulardan olinadigan qimmatbaho komponentlar miqdori iqtisodiy tomondan foyda keltirish uchun yetarli darajada bo‘lgan foydali qazilmalar ruda deb ataladi. Mineral resurslar ishlab chiqarish va qo‘llanilish sohasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
a) energetik yoqilg‘ilar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
b) qora va rangli metallurgiya uchun xom ashyo bazasi bo‘lgan rudali foydali qazilmalar (temir, marganets, xromli rudalar, boksitlar, polimetall rudalar, qo‘rg‘oshin-rux, mis-rux, mis-nikel, volfram-molibden, qalay, nodir metallar);
v) tog‘-kimyo xom ashyolari (fosforitlar, osh tuzi, qaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, bo‘r rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar);
g) tabiiy qurilish materiallari va noruda foydali qazilmalar, shuningdek texnik va qimmatbaho toshlar (kvarsli qumlar, gil, ohaktosh, marmar, granit, yashma, agat, tog‘ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar);
d) gidrominerallar (minerallashgan yer osti suvlari);
Foydali qazilmalarning tarkibi asosan qimmatbaho komponentlardan, foydali yo‘ldosh komponentlardan, zararli qo‘shimchalardan va chiqindilardan iborat. Foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki mineral qayta ishlash va boyitish jarayonlarida kerak bo‘lsa va xalq xo‘jaligida foydali bo‘lsa bu element- qimmatbaho komponent deb ataladi. Foydali qo‘shimcha bu ozroq miqdorda foydali qazilmalar tarkibidagi alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikma bo‘lib, asosiy qimmatbaho komponent bilan birga qayta ishlanadi va asosiy komponentni boyitishda ishlatiladi. Yo‘ldosh komponent deb foydali qazilmalar tarkibida oz miqdorda uchraydigan alohida qimmatbaho kimyoviy element yoki mineralga aytiladi va foydali qazilmalarni qayta ishlaganda bir yo‘la mustaqil ajralishi va boyitilishi mumkin. Zararli qo‘shimcha – alohida kimyoviy element yoki tabiiy birikmalar bo‘lib, foydali qazilmalar tarkibidagi asosiy qimmatbaho komponentlarning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chiqindi - bu mahsulotlar tarkibidan foydali komponent va boyitmalarni ajratib olgandan keyingi keraksiz mahsulotdir.
Ruda – minerallardan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida har xil minerallar, ma’danlar yoki birikmalari bo‘lgan tog‘ jinsi hisoblanadi. Yer kurrasida minerallari quyidagicha tarqalgan: silikatlar–25%, oksidlar va gidroksidlar – 12,5%, sulfidli birikmalari va ularning analoglari – 14%, fosfatlar va ularning analoglari – 18%. Rudalar tarkibiga va tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Tarkibida bitta qimmatbaho komponent bo‘lgan rudalar oddiy rudalar yoki monometall rudalar deyiladi. Murakkab rudalar esa har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan minerallardan tashkil topadi. Ikki va undan ortiq qimmatbaho komponenti bo‘lgan rudalar polimetall rudalar deyiladi.
Tarkibida qimmatbaho komponenti bo‘lmagan mineralga puch tog‘ jinsi deyiladi. Qayta ishlash jarayonlarida ular zararli qo‘shimchalar bilan birga chiqindiga chiqarib yuboriladi. Boyitish natijasida foydali qazilmalar asosan ikkita mustaqil mahsulotga – boyitmalar va chiqindilarga bo‘linadi. Rudalarning tarkibi o‘zgargan sari boyitishning texnologik sxemalari va boyitish usullari o‘zgarishi tabiiy hol. Rudalarni mineral tarkibiga, turlari va xususiyatlariga asoslanib bir necha usullarda boyitish mumkin. Masalan: gravitatsiya, flotatsiya, magnitli usul, elektrli usul, maxsus kimyoviy usul va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |