Mavzu: foyda va uning xajmiga ta'sir etuvchi omillar rejalar: kirish. I-bob. Foyda va unga ta'sir etuvchi omillar



Download 149,9 Kb.
bet17/19
Sana06.08.2021
Hajmi149,9 Kb.
#139841
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Foyda va uning xajmiga ta'sir etuvchi omillar

Baho korxona foydasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning shakllanishi bilan talab va taklif nazariyasi mavzusida tanishgan edingiz.

Narx — (baho) tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi o`sha tovarga bo`lgan talab va uning taklifiga bog`liq bo`ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaligi sifati va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga xam bog`liq bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy muammolaridan biri — nima ishlab chiqarish kerakligini xal etadilar. Baho tovar taklifi, axolini to`lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarini oshib yoki kamayib ketishi to`g`risida korxona egalariga axborot beradi. Baxoning ya’na bir vazifasi qiymat o`lchovidir bunda qilingan xarajatlar va olingan natija (mahsuot yoki xizmatlar) biron bir narx yordamida hisob kitob qilinadi.

Rag`batlantirish vazifasi — foyda, tovar bahosi bilan uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar o`rtasidagi farqqa teng bo`ladi. Muayyan baho sharoitida ko`proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur. Shu sababli, korxonalar tejamli ish tutib xarajatni pasaytirishga xarakat qiladi. Buning uchun, ishlar chiqaruvchilar resurslardan ratsional foydalanishi ilg`or texnika va texnologiyani, mehnatni ilmiy tashkil qilishni, ishlab chiqarishga joriy qilishga majbur bo`ldilar. Baho yana bir taqsimlash vazifasini bajaradi. Ma’lumki korxonalarning olgan daromadi tovarning narxiga bog`liq. Muayyan xarajatlar qilingan sharoitda baxoni qiymatga nisbatan pastga va yuqoriga o`zgarishi foydaning ishlab chiqaruvchilar o`rtasuda har xil taqsimlanishga olib keladi. Buning natijasida bir xil ishlab chiqaruvchilarni daromadlari o`sadi, boshqalar esa tovar sotishdan zarar ko`radilar. Baholar tovar pul muomalasi shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga muvofiq farqlandi, ammo bahoning har xil turlari bir-biri bilan o`zaro bog`liq va yagona tizimini tashkil etadi. Bularga: a) ulgurji baholar bilan firmalar o`z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotadilar. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni va zarur foydani olishni ta’minlab berishi zarur. b) tovarlar aholiga chakana baholar yordamida sotiladi. Bu baholarga davlat savdosi, ite’mol kooerasiyasi, kolxoz bozori, komission savdo baholari kiradi. Chakana baho darajasiga aholining real daromadlari bog`liq bo`ladi. v) xarid baholari qishloq xo`jalik mahsulotlarini davlat tamonidan sotib olishda ishlatiladi. g) dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo`llaniladi. Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o`zining vazifalari orqali ta’sir etadi. Korxonalarning ish faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ko`rsatkichlar mavjud. Ulardan birinchisi sotilgan mahsulot hajmi yoki korxonani yalpi maxsulotidir.Firma tomonidan bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatllarni puldagi ifodasiga uning yalpi maxsuloti deyiladi. Masalan, korxona bir yilda 20 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi va uni har birligini 300 so`mdan sotdi, unda korxona mahsulotini sotish hajmi yoki mahsulot 6 million so`mni tashkil etadi. (20 ming*300 so`m=6 mln. so`m).



Korxona faoliyatini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkichlardan yana biri bu firmani yalpi foydasi. Korxonani yalpi mahsulotidan uning ishlab chiqarishga sarf etilgan xarajatlari chegirib tashlanadi. Bizning misolimizda, agar biz korxonaning xarajatlari 3mln. so`mni tashkil etadi. (6 mln.—3 mln. so`m=3 mln so`m).Korxonani yalpi foydasidan u soliq to`lashi lozim va hamma to`lovlarni to`lab bo`lgandan so`ng qolgan qismi korxonani sof foydasini tashkil etadi. Agar biz ushbu to`lovlar 1 mln. so`mni tashkil etdi deydigan bo`lsak, unda korxonani sof foydasi 3-1=2 mln so`mga teng bo`ladi. Ana shu sof foydani korxona mustaqil ishlatadi. U ishchilarni va xodimlarni moddiy rag`batlantirishga, ishlab chiqarishga, ijtimoiy sohaga va sug`urta fondlariga sarf etiladi.Sof foydani ishlatish yo`llarini tanlashga davlat sog`liqlari, soliq imtiyozlari, shuningdek iqtisodiy choralar bilan ta’sir ko`rsatadi. Foydani taqsimlash asosida butun jamiyat manfaatlarini, mehnat jamoalarining manfaatlari bilan muvofiqlashtirish, ularda o`z faoliyatini takomillashtirishdan, foydaning yaratilishi va undan ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishchilarni moddiy rag`batlantirish uchun foydalanishdan manfaatdorlikni vujudga keltirishga ketadi.


Download 149,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish