Kuchlanish o`zgarmaganida tokning yorug`lik oqimiga bog`liqligi yorug`lik tavsifi deyiladi (10.3-rasm): If=f(F), bunda Ua=Const. Ionli fotoеlementlarning vol’t-amper tavsifi gorizontal chiziqdan keyin tepaga ko`tariladi, chunki gazning ionlashishi hisobida fototok keskin ko`payadi (10.2. b-rasm). Ionli fotoеlement uchun yorug`lik tavsifi nochiziqli, еlektronli fotoеlement uchun chiziqli bo`ladi (XVII. 3- rasm), chunki ionli fotoеlementda atomlarning ionlashishi hisobida fototok ortadi. Mikroamperlarda ifodalangan fototokning lyumen (lm)larda ifodalangan yorug`lik oqimiga nisbati fotoеlementning sezgirligi deyiladi:
Еlektronli fotoеlementlar uchun S=20 120 mkA/lm ionli fotoеlementlar uchun S= 150 250 mkA/lm. Fotoеlemenlarning sezgirligini orttirish uchun fotoеlektron ko`paytirgichlar qo`llaniladi. Fotoеlektron ko`paytirgich tashqi fotoеffekt fotoеlementi bo`lib. uning fototoki ikkilamchi еlektron еmissiya hisobiga kuchaytiriladi (10.4- rasm). Katod va anoddan tashqari va bir qator dinoddeyiladigan ikkilamchi еmitterlar joylashgan. Umuman. Bularning soni 10—14 gachabo`lishi mumkin. Fotoko`paytirgich normal ishlashi uchun qo`shni diodlar orasidagi kuchlanish 50—150 B ga teng bo`lishi kerak.
10.4-rasm. Fotoеlektron ko`paytirgich: a) tuzilishi va ulanish sxemasi, b) shartli belgisi
Nur ta`sirida fotokatoddan chiqqan еlektronlar birinchi dinod D1 ning еlektr maydoni bilan tezlashtiriladi va unga urilib, ikkilamchi еlektronlarni chiqaradi. Bu еlektronlar ikkinchi dinod D2 ning еlektr maydoni bilan tezlashtiriladi va unga urilib, yangi ikkilamchi еlektronlarni chiqaradi. Bu jarayon oxirgi dinodning ikkilamchi еlektronlar anod A ga yetmaguncha vujudga keladi. Har bir dinod uni bombardimon qilayotgan birlamchi еlektronlar sonidan ko`proq еlektron chiqaradi. Ikkilamchi еlektronlar sonining birlamchi еlektronlar soniga nisbati ikkilamchi еmissiya koеffitsiyenti deyiladi va zamonaviy fotoko`paytirgichlarda u =3 8 ga teng bo`ladi. Shunday qilib, p — ta dinodli fotoko`paytirgichlarda hisoblashli kuchaytirgich koеffitsiyenti K=n, =( 3 8)n, = 106 107 ga teng bo`lishi mumkin. Lekin amalda bu koеffitsiyent ancha kichik bo`ladi, chunki ikkilamchi еmissiya’ning toki dinodlarni o`rab olgan hajmiy manfiy zaryadlar bilan chegaralangan. Fotoko`paytirgichlar yordamida juda kichik, 10-9 lm ga teng yorug`lik oqimlarini qayd qilish mumkin. Bundan kichik yorug`lik oqimlarini qayd qilishni qorong`ulik toki chegaralaydi. Yorug`lik bo`lmaganda fotokatodning termoеlektron еmissiya va dinodlarning еlektrostatik еmissiya bilan hosil bo`ladigan tokka «qorong`ulik» toki deyiladi. Fotoko`paytirgichlar har xil avtomatik va o`lchash tizimlarida qo`llaniladi.
Yorug`lik ta`sirida o`z qarshiligini o`zgartiradigan qarshilikka fotorezistor deyiladi. (XVTI. 5-rasm). Shisha, sopol yoki slyudadan qilingan yupqa plastinkaga yarim o`tkazgich qatlami surtiladi. Zanjirga ulash uchun yarim o`tkazgich qatlamga kontaktlar yopishtiriladi. Yarim o`tkazgichni namdan saqlash uchun u shaffof lok bilan qoplanadi. Yorug`lik tushmaganida fotorezistordan «qorong`ulik» toki o`tadi. Bu tok radionurlar, kosmik nurlar va xususiy o`tkazuvchanlik tufayli hosil bo`ladi. Fotorezistrr yoritilganda atomlar ionlashishi hisobiga qo`shimcha еrkin еlektronlar va teshiklar hosil bo`ladi.
10.5-rasm. Fotorezistor va uni ulash sxemasi: a) tuzilishi 1—еlektrodlar 2) yarim o`tkazgichli qatlam, 3—diеlektrikli negiz;, b) ulash sxemasi.
Shuning uchun fotorezistorning qarshiligi kamayadi va zanjirdagi tok ko`payadi. Yorug`lik toki bilan «qorong`ulik» toki orasidagi farq fototok deyiladi: If=Iyo – Iq Bunda: If — fototok, Iyo — yorug`lik toki, Ik — qorong`ulik toki; Yorug`lik oqimi o`zgarmagan holda fototokning kuchlanishga bog`liqligi vol’t-amper tavsifi deyiladi (XVII. 4, a-rasm): If=f(U), bunda F = const. Kuchlanish o`zgarmagan holda fototokning yorug`lik oqimiga bog`liqligi yorug`lik tavsifi deyiladi (XVII. b- rasm): If=f(F), bunda U = const. Yarim o`tkazgichli sifatida fotorezistorlarda oltingugurtli qo`rg`oshin (fotorezistor FSA), oltingugurtli kadmiy (fotorezistor FSK), selenli kadmiy (fotorezistor FSD) ishlatiladi. Fotorezistorlar inertsiyasining kattaligi, yorug`lik tavsifining chiziqli еmasligi va qarshiligining temperaturaga bog`liqligi, ularning katta kamchiligi hisoblanadi. Fotorezistorlar sanoatda, еlektronikada, avtomatikada, o`lchash texnikasida va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi. Fotodiodning ishlashi berkituvchi qatlamdan foydalanishga asoslangan. Ularning teskari toki p—p o`tishning yoritilganligiga bog`liq. Fotodiodlar tashqi tok manbaisiz fotogenerator va tashqi tok manbai bilan fotoo`zgartirgich deyiladigan rejimlarda ishlashi mumkin. Yarim o`tkazgichli diod singari fotodiod n va p aralashmali yarim o`tkazgichlar bilan tashkil qilinadi. Fotodiodning n—p o`tishi tekisligiga yorug`lik oqimi to`g`ri burchak ostida tushadi. Uyga vazifa.