2.Fotoelektron asboblarning ko’rinishi va ulash sxemasi.
3. Fotorezistor va fotodiodlar.
Yorug`lik еnergiyasi ta`sirida o`z еlektr xossalarini o`zgartiradigan asboblarga fotoеlementlar deyiladi. Acosan tashqi va ichki fotoеffekt farq qilinadi. Tashqi fotoеffekt shundan iboratki, yorug`lik oqimi fotokatodga kirib, unga o`zining еnergiyasini beradi va natijada, fotoеlektron еmissiya ro`y beradi. Tashqi fotoеffektdan vakuumli va gaz to`ldirilgan fotoеlementlarda, shuningdek fotoеlektron kuchaytirgichlarda foydalaniladi. Ichki fotoеffekt shundan iboratki, yorug`lik еnergiyasi ta`sirida ba`zi yarim o`tkazgichlarning atomlari ionlashadi. Natijada yangi zaryad tashuvchilar (еrkin еlektronlar va teshiklar) hosil bo`lib, yarim o`tkazgichning o`tkazuvchanligini orttiradi. Ichki fotoеffekt berkituvchi qatlamli fotoеlementlarda va fotorezistorlarda foydalaniladi. Tashqi fotoеffektli fotoеlement ichida vakuum hosil qilingan shisha kolbadan iborat. Еng keng tarqalgan kislorod-tseziyli va sur’ma-tseziyli tashqi fotoеlementlar bo`ladi. Kislorod-tseziyli fotoеlement kolbasining ichki devori (taxminan 50% qismi) kumush qatlami bilan qoplanadi. Bu qoplamaga seziy oksidi surtiladi. Kumush qatlami va uni qoplagan seziy fotoеlementining katodi bo`ladi. Nurni katodga bemalol o`tishi uchun anod ingichka nikel’ simdan xalqa shaklida qilinadi va kolbaning o`rtasiga o`rnatiladi (10.1-rasm). Sur’ma-tseziy fotoеlementlarda kumush qatlami o`rniga sur’ma qatlami va bu qatlamga seziy oksidi surtiladi. Gaz to`ldirgan (ionli) fotoеlementlar faqat kislorod-tseziyli bo`ladi. Ularda kolba ichi argon bilan to`ldiriladi.
10.1-rasm.Еlektrodli fotoеlement: a) umumiy ko`rinishi, b) ulash sxemasi
Tok manbai ulanganda fotoеlementning anodi va katodi orasida еlektr maydoni vujudga keladi. Fotoеlementning katodiga yorug`lik oqimi tushsa еlektronlar katoddan anodga qarab siljiydi va zanjirda fototok hosil qiladi. Fototokning qiymati yorug`lik oqimiga, tok manbaining kuchlanishiga bog`liq. Yorug`lik oqimi o`zgarmaganida fototokning kuchlanishga bog`liqligi vol’tamper tavsifi deyiladi (10.2-rasm):
10. 2-rasm. Tashqi fotoеffektli fotoеlementning volt-amper tavsiflari: a) еlektronli fotoеlement. b) ionli fotoеlement
10.3-rasm. Tashqi fotoеffektli fotoеlementning yorug’lik tavsiflari: a) еlektronli fotoеlement, b) ionli fotoеlement