Mavzu: Fotoeffekt



Download 58,31 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi58,31 Kb.
#773140
  1   2
Bog'liq
Mavzu Fotoeffekt




Mustaqil ish


Mavzu: Fotoeffekt va uning qonunlari (Tashqi fotoeffekt qonunlari. Tashqi fotoeffektning kvant nazariyasi).


Reja:



  1. Fotoeffekt haqida tushuncha.

  2. Tashqi fotoeffekt.

  3. Tashqi fotoeffektning kvant nazaryasi.


Fotoeffekt

Elektromagnit nurlar ta’sirida moddadan elektronlarning ajralib chiqishiga fotoeffekt hodisasi deyiladi. Fotoeffekt hodisasini birinchi marta 1887-yilda G.Gers kuzatgan. Gers razryadli ochiq konturda elektr tebranishlarini uyg‘otish orqali elektromagnit to‘lqinlar generasiyasini hosil qilishda katod ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, razryadnikning metall elektrodlari orasida uchqunning uzunligi uzayishini kuzatgan yoki boshqacha aytganda, metall elektrodga tushayotgan ultrabinafsha nurlar katod va anod orasida hosil bo‘ladigan uchqunning uzunligini uzaytiradi. Kuzatilgan bunday hodisaning mohiyati V.Galvaks, A.Stoletov, P.Lenard va boshqa olimlarning bu borada o‘tkazgan tajribalarida tushuntirildi.


Gers kuzatgan hodisaning mohiyati shundan iboratki, manfiy zaryadlangan katodni ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda katod manfiy zaryadini yo‘qotishi kuzatilgan. Musbat zaryadli anod yoritilganda zaryad yo‘qotilishi kuzatilmagan. 1897-yilda Dj.Tomson elektronni kashf qildi. 1898-yilda Tomson va Lenardlar o‘tkazgan tajribalarida modda yoritilganda undan ajralib chiqayotgan zarralarning magnit maydonida og‘ishiga asoslanib, ularning solishtirma zaryadini (e/m kattalikni) aniqladilar. Bu bilan yorug‘lik ta’sirida katoddan ajralib chiqadigan zarralar manfiy zaryadli elektronlar ekanligini aniqladilar. Yorug‘lik ta’sirida (ultrabinafsha, ko‘zga ko‘rinadigan, infraqizil va boshq.) metalldan elektronlarning ajralib chiqishi fotoelektrik effekt yoki fotoeffekt deb ataldi. Yorug‘lik ta’sirida metalldan ajralib chiqqan elektronlar fotoelektronlar deyildi.


Stoletov o‘z tajribalari asosida fotoeffekt hodisasini o‘rganish usullarini va asosiy miqdoriy qonunlarini ishlab chiqdi. Lenard


katodga tushayotgan ultrabinafsha nurlar katod materialidan elektronlarni urib chiqarishini isbotladi.

Fotoeffekt hodisasi yorug‘lik kvantlari metall atomlaridagi bog‘langan elektronlar bilan ta’sirlashganda yuz beradi. Elektronning atomda bog‘lanish energiyasi qancha katta bo‘lsa, fotoeffekt hodisasi sodir bo‘lishining ehtimoliyati shuncha katta bo‘ladi. Bu ehtimoliyat f – element zaryadi Z ga kuchli bog‘liq, ya’ni f~Z5. Bundan tashqi fotoeffekt hodisasi yorug‘lik tushayotgan metallning kimyoviy xossasiga, sirtining silliqligi va tozalik darajasiga bog‘liqligi tajribada aniqlandi. Fotoeffekt hodisasi yuzaga kelishining zaruriy sharti yoritilayotgan metall ustki qatlamiga tushayotgan yorug‘likning sezilarli darajada yutilishidir. Fotoeffekt hodisasi metallar, dielektriklar, yarimo‘tkazgichlar, elektrolitlarda yuzaga keladi. Ishqoriy metallar – litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy fotoelektrik ta’sirga juda sezgir, ko‘zga ko‘rinadigan nurlar ta’sirida ham fotoeffekt hodisasi hosil bo‘ladi. Erkin elektronlarda fotoeffekt hodisasi yuz bermaydi, chunki erkin elektronlar prinsipial ravishda yorug‘likni yuta olmaydi.


Fotoeffekt tashqi va ichki fotoeffektlarga ajraladi. Agar yoritilayotgan modda sirtqi qatlamidan elektronlar butunlay ajralib chiqib, boshqa muhitga o‘tsa (masalan, vakuumga) bunday hodisa tashqi fotoeffekt deyiladi. Tashqi fotoeffekt hodisasi 1887-yilda G.Gers tomonidan kashf qilingan.


Agar elektronlar faqat o‘z atomi bilan bog‘lanishni “uzib” chiqib yoritilayotgan modda ichida “erkin elektron”ga aylanib qolsa bunday hodisa ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt hodisasi 1873-yilda U.Smit tomonidan kashf qilingan.


Ichki fotoeffektda tushayotgan yorug‘lik ta’sirida valent energetik zonadagi elektronlarning bir qismi o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadi. Bunda yarimo‘tkazgichda tok tashuvchilar konsentrasiyasi ortadi va fotoo‘tkazuvchanlik yuzaga keladi. Ya’ni yorug‘lik ta’sirida yarimo‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi. Elektronlarning turli energetik holatlarda qayta taqsimlanishi yarimo‘tkazgichda ichki elektr maydonining o‘zgarishiga olib keladi. Bundan esa yoritilayotgan ikki turli yarim o‘tkazgichlar chegarasida elektr yurituvchi kuch (foto EYuK) paydo bo‘ladi yoki yoritilayotgan yarimo‘tkazgich va metall chegarasida ham foto EYuK yuzaga keladi. Chegara yaqinida o‘tish qatlami paydo bo‘ladi. Bu qatlam


tokni faqat bir yo‘nalishda o‘tkazadi, ya’ni bu qatlam ventil xossalariga ega bo‘ladi.


T ashqi fotoeffekt metallarda kuzatiladi. Masalan, elektroskopga ulangan manfiy zaryadlangan rux plastinkasi ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda elektroskop tezda zaryadsizlanadi, agar plastinka musbat zaryadlangan bo‘lganda zaryadsizlanish kuzatilmas edi. Bundan ultrabinafsha nurlar metall plastinkadan (katoddan) manfiy zaryadlangan zarralarni ajratib chiqishini ko‘rish mumkin.


Tashqi fotoeffekt hodisasi kuzatiladigan qurilma sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Havosi so‘rib olinib yuqori darajada vakuum hosil qilingan shisha idish ichiga anod – A va katod – K joylashtirilgan bo‘lib, ular orasida V – voltmetr bilan o‘lchanadiganpotensiallar farqi qo‘yilgan. Elektr


zanjirida hosil bo‘ladigan elektr 1-rasm

toki G – galvanometr bilan o‘lchanadi. Idish devoriga kvars “darcha” qo‘yilgan. Darchadan tushgan yorug‘lik nurlari bilan katod yoritilganda elektr zanjirida tok paydo bo‘ladi.


Bu tokni yorug‘lik ta’sirida katod sirtidan ajralib anodga tomon harakatlanayotgan manfiy zaryadli elektronlar hosil qiladi. Bunday hosil qilingan tok fototok deyiladi. Agar katod yoritilmasa elektr zanjirida fototok hosil bo‘lmaydi.


Yorug‘lik intensivligi va chastota doimiy bo‘lganda yorug‘lik intensivligi S1 va S2 bo‘lgan hollar uchun fototokning katod va anod orasiga qo‘yilgan potensiallar farqiga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziqlar 1-rasmda keltirilgan.


Katod va anod orasidagi maydon tezlatuvchi maydon bo‘lganda (katodda manfiy va anodda musbat) fototokning qiymati potensiallar farqi U ga proporsional ravishda rasmda keltirilgandek ortib boradi.


Potensiallar farqining biror qiymatidan boshlab fototok o‘zgarmay qoladi.


Rasmda egri chiziq gorizontal to‘g‘ri chiziqqa o‘tadi. Bu chiziq maksimal tok kuchiga to‘g‘ri keladi. Tok kuchining bunday maksimal qiymati to‘yinish toki deyiladi. Yorug‘lik ta’sirida katod sirtidan ajralgan fotoelektronlarning hammasi anodga kelib
tushganda to‘yinish toki hosil bo‘ladi. Potensiallar farqining bundan keyingi ortishi to‘yinish fototok kuchini o‘zgartirmaydi. To‘yinish fototok kuchi yorug‘lik ta’sirida katoddan har sekundda chiqadigan elektronlar soni bilan aniqlanadi.

Lekin katodga tushayotgan yorug‘lik intensivligi o‘zgarganda, to‘yinish tokining qiymati ham o‘zgaradi. Buni 1-rasmdagi grafiklardan ko‘rish mumkin. Grafiklarda It1<It2, chunki S1<S2, rasmdan ko‘rinishicha, katod va anod orasidagi potensiallar farqi nolga teng (U=0) yoki U<0 bo‘lgan hollarda ham fototok yo‘qolmaydi, ya’ni U=0 bo‘lganda ham katoddan anodga tomon harakatlanayotgan elektronlar soni mavjudligi kuzatiladi. Bunday hol katod sirtidan qandaydir boshlang‘ich tezlik bilan ajralib chiqayotgan elektronlar soni mavjudligini va ular anodga yetib bora olishini ko‘rsatadi. Bu elektronlarni to‘xtatish va fototokni yo‘qotish uchun katod va anod orasiga tormozlovchi potensiallar farqi (U=–UT) qo‘yish zarur. Tormozlovchi potensiallar farqi yorug‘lik intensivligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Tormozlovchi potensiallar katod sirtidan chiqayotgan elektronlar kinetik energiyasining ko‘rsatgichidir. Katoddan chiqayotgan elektronlardan tezligi, ya’ni kinetik energiyasi eng kata bo‘lgan elektronlargina anodga yetib


b oradi. Tormozlovchi potensial UT qo‘yilganda katod sirtidan maksimal tezlik max bilan ajralgan elektronlar bu tezligini to‘liq ravishda yo‘qotadi, bunda fototok ham yo‘qoladi. U vaqtda energiyaning saqlanish qonuniga asosan quyidagi munosabatni yozish mumkin:





еU






1

m 2

(2)

















Download 58,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish