T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I I.Yangi darsni rejasi.
1.Oksidlarda ekvivalent 2.Asoslarda ekvivalent 3. Kislotalarda ekvivalen 4. Tuzlarda ekvivalent .
III.Yangi darsning bayoni.
Ekvivalent — teng qiymatli demakdir.Tarkibning doimiylik qonuniga ko‘ra, birikmalar hosil bo‘lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat’iy miqdoriy nisbatlarda birikadi.Shuning uchun kimyoda ekvivalent va ekvivalent massa degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi. Elementning1ekvivalenti massasi uningekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 gr/moll).Masalan, suv molekulasida H2O kislorod atomining ekvivalenti 1/2 mol, ekvivalent massasi esa g/mol ga teng.Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. . Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas. Ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO —ohakda kalsiyning ekvivalenti va ekvivalent massasini topishda O — kislorodning bir ekvivalenti 8 g/mol ekanligini bilsak, 40 g/mol Ca ga 16 g/mol O to‘g‘ri kelsa, 8 g/mol O ga 20 g/mol Ca ekvivalent massasi to‘g‘ri keladi. Ca ning molyar massasini ekvivalent massaga nisbati .Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-biri bilan birikib, bir nechta birikma hosil qiladi. Demak, elementlar qaysi birikmada qancha miqdorda bo‘lishiga qarab hisoblangan ekvivalentligi va ekvivalent massasi turlicha qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda ayni bir elementning turli birikmalardagi ekvivalenti (ekvivalent massasi) bir-biriga nisbatan uncha katta bo‘lmagan butun sonlardan iborat bo‘ladi. Uglerodning ikki birikmasi bo‘lgan is gazi — CO va karbonat angidridi — CO2 da uning ekvivalent massasi mos ravishda 6 g/mol va 3 g/mol, ularning nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi.Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta’sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta’sirlashadigan miqdoridir.Demak, moddalar ularning ekvivalentlariga mos ravishda o‘zaro ta’sirlashadilar. Bu ekvivalentlik qonuni deb ataladi.O‘zaro ta’sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir .Ekvivalent hajm — moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo‘lib, gazsimon holat uchun qo‘llanadi (1 ekvivalent hajm H — 11,21/mol, O — 5,61/mol. Moddalar.bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta’sirlashadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |