Nizomiy nomidagi TDPU Shahrisabz filiali Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-kurs BT-104 guruh talabasi Tosheva Sitoraning ona tili fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Fonetika va fonologiya; nutq apparati. Ona tilining unlilar va undoshlar tizimi Reja: 1. Fonetika va fonologiya haqida tushuncha. 2. Nutq apparati. 3. Ona tilining unli tovushlar tizimi. 4. Ona tilining undosh tovushlar tizimi. Fonetika- tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, o'zgarishi, so'z ma'nolarini farqlanishdagi roli, urg'u, intonatsiya nutqining fonetik bo'linishi kabi masalalar o'rganiladi. Fonetika o'rganish obyektining hajmiga ko'ra 4 turga bo'linadi:
Umumiy fonetika
Xususiy fonetika
Qiyosiy fonetika
Eksperimental fonetika
Fonologiya ,,Tovush haqidagi ta'limot" degan ma'noni anglatadi. ,,Fonologiya aslida tildagi nutq tovushlari tizimi va modellarini tavsiflashdir"-, deb yozadi Jorj Yul
Nutq apparati
Nutq a'zolarining jami nutq apparati deyiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o'pka, bronxlar, nafas yo'li
2. Bo'g'iz bo'shlig'ida: halqasimon, pardasimon, qalqonsimon, tog'aylar va un paychalari
3. Og'iz bo'shlig'ida: til, tanglay, kichik til, lab va tishlar
4. Burun bo'shlig'i
5. Markaziy asab tizimi
Unli tovushlar
Yuqori tor unlilar: i, u
O'rta keng unlilar: e, o'
Quyi keng unlilar: a, o
Old qator unlilar: i,e,a
Orqa qator unlilar: u,o',o
Lablangan: u,o',o
Lablanmagan: i,e,a
Vokalizm
Undosh tovushlar
Hosil bo'lish o'rniga ko'ra:
1. Lab undoshlari
2. Til undoshlari
3. Bo'g'iz undoshi
Lab undoshlari:
1. Lab-lab undoshlari: b,p,m
2. Lab tish undoshlari: v,f
Til undoshlari:
1. Til oldi: d,j,dj,z,l,n,r,s,t,ch,sh
2. Til o'rta: y
3. Til orqa: k,g,ng
4. Chuqur til orqa: q,g',x
Bo'g'iz undoshi: h
Hosil bo'lish usuliga ko'ra:
1. Portlovchi: b,g,d,dj,k,p,t,ch,q
2. Sirg'aluvchi undoshlar: v,j,z,y,s,f,x,sh,g',h
3. Portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar:
a)burun undoshlari: m,n,ng
b)yon undosh: y
c)titroq tovush: r
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra:
1. Sonorlar: m,n,ng,l,r
2. Shovqinli undoshlar: b,v,g,d,j,dj,z,y,k,p,s,t,f,x,ch,sh,q,g',h
Jarangli undoshlar: b,v,g,d,j,dj,z,y,g'
Jarangsiz undoshlar: k,p,t,s,f,x,ch,sh,h
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M. Hamrayev, D. Muhamedova, D. Shodmonqulova, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva. Ona tili (darslik). Iqtisodiyot-moliya. Toshkent 2007-yil
2. R. Ikromova,D. Muhamedova, M. Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to'plami (o'quv qo'llanma). TDPU. Toshkent, 2009-yil
3. www.ziyonet.uz
4. www.tdpu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |