MAVZU: FONETIKA
Fonetika bu - fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar va shu so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug‘ayyomni mana shu cho‘lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug‘ , ayyom, mana, shu, cho‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‘shimchasi), -yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo‘shimcha), -miz (shaxs-son qo‘shimchasi) qo‘shimchalari qatnashgan; har bir so‘z va qo‘shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug‘ - u, l, u, g‘ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi.
Ko‘rinadiki, nutq tovushlari so‘z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.
- TILNING TIK (VERTIKAL) HOLATIGA KO`RA
- Yuqori tor unlilar: i, u
- O`rta keng unlilar: e, o`
- Quyi keng unlilar: a, o
- TILNING YOTIQ (GORIZONTAL) HOLATIGA KO`RA
- Til oldi (old qator) unlilar: i, e, a
- Til orqa (orqa qator) unlilar: u, o`, o
- LABLARNING ISHTIROKIGA KO`RA:
- Lablashmagan unlilar: i, e, a
- Lablashgan unlilar: u, o`
- Oraliq unlilar: o
Ilm o`rganmoq ham ibodat. Ajratilgan so`z tarkibidagi unlilarni tahlil qiling. Gapda 3 ta unli tovush bor: i, o, a - I – yuqori tor; old qator; lablashmagan unli
- O – quyi keng; orqa qator; oraliq unli
- A – yuqori tor; old qator; lablashmagan unli.
UNDOSH TOVUSHLAR TAHLILI I. Paydo bo’lish o’rniga ko’ra: 1) Lab undoshlari: - lab-lab undoshlari: b, p, m
- lab-tish undoshlari: v, f
2) Til undoshlari: a) til oldi undoshlari: t, d, s, z, sh, ch, j, dj, l, r, n b) til o’rta undoshi: y d) sayoz til orqa undoshlari: k, g, ng e) chuqur til orqa undoshlari: q, g’, x 3) Bo’g’iz undoshi: h
II. Aytilish usuliga ko’ra:
1) Portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, ch, q, m, n, ng
2) Sirg’aluvchilar: v, f, s, z, g’, x, dj, sh, y, r, l, h
III. Tovush paychalarining ishtirokiga ko’ra:
1) Jarangli undoshlar: b, v, g, d, j, z, g’, y, l, m, n, ng, r, dj
2) Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, sh, ch, q, x, h
Jarangsiz juftga ega bo’lgan jaranglilar soni 8 ta:
J-li: b, d, g, v, g’, j, dj, z
J-siz: p, t, k, f, x, ch, sh, s
IV. Ovozning ishtirokiga ko’ra:
1) Sonor (ovozdor) tovushlar: l, m, n, ng, r (minglar)
2) Shovqinli tovushlar: jarangli tovushlarning eng ovozdori, ya’ni 5 ta sonordan tashqari qolgan qismi jarangsiz tovushlar bilan qo’shilgan holda shovqinlilarni tashkil qiladi.
O’z navbatida sonorlar:
a) burun tovushlari: m,n, ng,
b) yon tovush: l
d) titroq tovush: r ga bo’linadi.
V. Tuzilishiga ko’ra:
1) Qorishiq tovushlar: ch (t+sh), dj (d+j)
2) Sof tovushlar: qorishiq tovushlardan tashqari barchasi sof tovushlarni tashkil etadi.
- Sizga ijozat, - dedi kulib. Ajratilgan so`z tarkibidagi undoshlarni tasniflang. Gapda 3 ta undosh tovush bor: j, z, t Z – til oldi; sirg`aluvchi; jarangli; shovqinli; sof. T – til oldi; portlovchi; jarangsiz; shovqinli; sof. Nutqiy bo`linish va orfografik hamda orfoepik tahlil asoslari Nutq 2 xil ko`rinishda bo`ladi: a) og`zaki nutq va b) yozma nutq Nutqimiz bo`linuvchan sigment birliklardan tashkil topgan. Matn – mikromatn – gap – so`z birikmasi – so`z – qo`shimcha – tovush LEKSIK TAHLIL - So`zning atash ma`nosi, ya’ni leksik ma’nosi aniqlanadi;
- Faol yoki nofaol so`z ekanligiga e`tibor beriladi. (nofaol so`z bo`lsa, turlari qayd etiladi)
- So`zning o`z va ko`chma ma`nosi aniqlanadi.
- O`z yoki o`zlashgan qatlamga mansubligi tekshiriladi.
- So`zning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari (ma’nodosh, shakldosh, zid ma`noli yoki paronimi) ko`rsatiladi.
FRAZEOLOGIK TAHLIL - Gapda qo`llangan frazeologizm aniqlanadi;
- Ibora ma`nosi qaysi so`zga teng kelishi aytiladi;
- Tarkibi tekshiriladi;
- Iboraning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari aniqlanadi;
- Erkin va turg`un birikma sifatida ma`nolari qiyoslanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |