Mavzu: Foiz riski, turlari va foiz stavkalari. Foizlar bilan operatsiyalar



Download 2,25 Mb.
bet6/7
Sana08.11.2022
Hajmi2,25 Mb.
#862647
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Risk 6

5. Foiz stavkalari riski
Moliya bozorida foiz stavkalari darajasining o’zgarishi unda muomala bo’lgan moliyaviy aktivlar narxida tebranishlarni keltirib chiqaradi, buning ustiga, foiz stavkalarining oshishi narxlar pasayishiga va moliyaviy aktivlar egalari zarar ko’rishiga sabab bo’ladi. Foiz stavkalarining o’zgarishi bilan bog’liq investitsiyalash riski foiz stavkalari riski deb ataladi.
Har qanday moliyaviy aktiv: aksiyalar, obligatsiyalar, jismoniy aktivlar (ko’chmas mulk, uskunalar) va boshqalarning qiymati shu aktiv bilan bog’liq to’lovlar oqimining joriy qiymati sifatida ta’riflanadi.
Obligatsiyalar uchun to’lovlar oqimi nominal foizlaridan to’lovlar va nominal qiymatdan qoplashdan iborat oddiy rentani o’zida aks ettiradi. Bu holatda obligatsiyalarning joriy qiymati shunday rentaning joriy qiymatiga teng.
i – joriy bozor foiz stavkasi, R – obligatsiyalarning nominal qiymati, k – nominal foiz stavkasi, K = R·k – nominal to’lovlari qiymati, Rt – obligatsiyalarning joriy bozor qiymati, t – obligatsiyalarni to’lashgacha bo’lgan muddat bo’lsin.
Obligatsiyalarning joriy bozor qiymati formulasini hosil qilish uchun to’lov diagrammasini tuzamiz (2-rasm).
Chap ustunni hisoblagan holda quyidagiga ega bo’lamiz:
yoki (8)

Ushbu qiymat nominal qiymatiga teng bo’lishi uchun quyidagi tenglik bajarilishi zarur:


yoki
Bu yerda K = Ri yoki Ri = Rk, ya’ni i = k.
Bu esa, agar nominal stavkasi bozor foiz stavkasiga teng bo’lsa, u holda obligatsiya narxi nominal qiymatga tengligini anglatadi.
Obligatsiyalarni asoslangan holda tanlash uchun ularning daromadliligi haqida ma’lumotlarni solishtirish yetarli emas. Obligatsiyalar muddati bilan bog’liq riskni ham qandaydir yo’l bilan baholash kerak – muddat qancha ko’p bo’lsa, risk ham shuncha yuqori bo’ladi. Biroq muddatlarni bevosita taqqoslash to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi, chunki bunda daromadning vaqt bo’yicha taqsimotiga xos xususiyatlar hisobga olinmaydi. Ayni bir muddat uchun nol kuponli obligatsiyalar davriy foiz to’lovlari mavjud bo’lgan obligatsiyalarga nisbatan riski ko’proq ekanligi tushunarli. Risklilik darajasi nuqtai nazaridan obligatsiyalarni tavsiflash uchun o’rtacha muddat qo’llaniladi.
Ushbu ko’rsatkich obligatsiyalar bo’yicha barcha to’lovlar muddatlarini o’rta hisoblangan arifmetik kattalik ko’rinishida umumlashtiradi. Solishtirma tarzida to’lovlar summasi olinadi. Boshqacha aytganda, to’lov summasi qancha katta bo’lsa, mutanosib muddat o’rtacha muddatga shuncha katta ta’sir ko’rsatadi.
Yillik nominal foiz to’lovi va nominalni qaytarish bilan obligatsiyalar uchun muddat oxirida quyidagini hosil qilamiz:
(9)
bu yerda T – o’rtacha muddat;
ti – yilda nominallar bo’yicha to’lov muddatlari;
Si – to’lov summasi;
t – obligatsiyaning umumiy muddati.
ti = 1, 2, … , t ekanini hisobga olgan holda
o’rtacha muddat uchun hisoblash formulasini hosil qilamiz:
(10)
Nominal daromadi to’lanadigan obligatsiyalar uchun T < t. (6.10) formuladan k nominal foizi qancha ko’p bo’lsa, o’rtacha muddat shuncha kam bo’lishi kelib chiqadi. Nol kuponli obligatsiyalar uchun T = t.
Misol. Yiliga bir marta 8% me’yor bo’yicha foiz to’lanadigan olti yil muddatli obligatsiya 95 sh.b. kurs bo’yicha xarid qilingan.
(10) formuladan foydalanib o’rtacha muddatni topamiz:
(9) formulaning suratida obligatsiyalar bo’yicha kredit xizmatlarining to’liq hajmi ko’rsatilgan – barcha kutilgan tushumlar mutanosib muddatlarga ko’paytirilgan. O’rtacha muddat obligatsiya muddatidagi vaqtni ko’rsatib, bu kredit xizmatlari hajmini tenglashtiradi. O’rtacha muddatgacha bo’lgan kredit xizmatlarining summasi shu vaqtdan keyingi kredit xizmatlariga teng:
(11)
Bu yerda ri, rk – to’lov sanasidan o’rtacha muddatgacha vaqt oralig’i (i – o’rtacha muddatgacha, k – shu muddatdan keyin amalga oshiriladigan to’lovlar).
O’z navbatida, 5,19 yildan so’ng ko’rsatilgan kredit xizmatlari hajmi bilan qolgan muddat uchun kredit xizmatlari teng. O’rta muddat analogi sifatida vaqt bo’yicha to’lovlarning muvozanat nuqtasi xizmat qilishi mumkin. Bundan, o’rtacha muddat qancha kam bo’lsa, obligatsiya egasi shuncha tez fursatda undan foyda olishini, o’z navbatida, risk shuncha kam bo’lishini tushunib olish mumkin. Shuning uchun obligatsiyalarni taqqoslaganda, o’rtacha muddati kam bo’lganlarni afzal ko’rish lozim.
Misol. Nominal qiymati 1000 sh.b. bo’lgan 1 yil va 10 yil muddatli ikkita nominal foizi 15 foizli obligatsiya bor.
Turli joriy bozor stavkalari uchun obligatsiyalarning bozor narxini ko’rib chiqamiz. Buning uchun (8) formuladan foydalanamiz va hisoblash natijalarini 1-jadvalda umumlashtiramiz. 1-jadval


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish