Ko'pik hosil qiluvchi reagentlar — bo'tanadagi havo pufakchalarini dispersligi va stabilligini ko'paytirish , hamda flotatsiyalangan mineral zarracha bilan to'yingan ko'pik mustahkamlagini oshirishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ko'pik hosil qiluvchilar pufakchalaming ko'tarilish tezligini kamaytiradi, ba’zi vaqtda esa reagentlarlaming to'planishiga hamda zarrachalaming pufakchaga yopishib olishiga ta’sir qiladi. Ko'pik hosil qiluvchi reagentlar o'zida yuza energiyasi kamayishi bilan suv-havo ajralish yuzasi o'z-o'zidan adsorbsiyalanish qobiliyatiga ega sirt faol moddalarni(SFM) mujassam qiladi. SFM adsorbsiyasi chegaralangan bo'ladi. Bunday holda polyar guruh suvda, gidrofobli radikal esa uning yuzasida bo'ladi (10.8-rasm). Ko'pik hosil qiluvchi sifatida o'z tarkibida quyidagi polyar gruppalaming birini saqlovchi moddalar ishlatiladi: (ОH- ) gidroksil, (СО2-3) karboksil, (=С=О) karbonil, (NH2) amin gruppa, (OSO2OH yoki SO2OH) sulfogruppa.
Eng ko'p tarqalgani ionlashtiruvchi bo'lmagan polyar gruppalar bilan geteropolyarli birikmasi: asosiylari yog’, sintetik reagentlar OPSB, T-88, MIBK, siklogensonal, E-l.TEB, D-3 va boshqalar.
XULOSA
Men Flotatsion reagentlarning klassifikatsiyasi va qo’llanilishi mavzusidan olgan xulosam shundan iboratki flotatsion boyitish - bu mineral zarrachalami ikkita fazalari chegarasida tanlab biriktirishga asoslangan foydali qazilmalami boyitish jarayonidir. Jarayonda ishtirok etuvchi fazalarga bog’liq holda flotatsiya jarayoni ko'pikli, plyonkali, moyli, suvyuqmas qattiq yuzali va moyli yuzali turlarga bo'linadi. Ko'pikli flotatsiya - bo'tanaga yuborilgan havo pufakchalariga yoki gaz pufakchalariga suvda namlanmagan zarrachlami biriktirib bo'tana yuzasiga ko'tarilib ko'pik sifatida ajralishiga asoslangan jarayondir. Suv bilan namlangan zarralar esa bo'tana ichida muallaq holda qoladi. Plyonkali flotatsiya - shuday jarayonki, bunda harakatianayotgan suv oqimi yuzasida gidrofob zarralar ushlanib qoladi, gidrofil zarralar esa cho'kadi. Moyli flotatsiya - bo'tanadagi moy tomchilariga gidrofob zarralami yopishib yuqoriga suzib chiqshiga asoslangan. Gidrofil zarrachalar esa bo'tanada muallaq holda qoladi. Qattiq devor flotatsiyasi - bu mayin shlamlarni flotatsiyalash jarayoni bo'lib, bunda flotatsiyalanuvchi o'lchamdagi gidrofob zarrachalardan vosita sifatida foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. V.M.Avdoxin FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH ASOSLARI 1 JILD BOYITISH JARAYONLARI, MOSKVA 2006 MOSKVA DAVLAT KONCHILIK UNIVERSITETI NASHRIYOTI.
2. I.K. UMAROVA, G.Q. SOLIJONOVA FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH VA QAYTA ISHLASH, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2009.
3. I.K. Umarova, S.I. Aminjanova RANGLI УА NODIR METALLAR RUDALARINI BOYITISH TEXNOLOGIYASI, Toshkent – 2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |