VII oyi yoki 28 haftasi o'tgach homila chala (yetilmagan) hisoblanadi-yu, yashay oladi, ammo shu muddatda tug'ilgan bolalar juda sinchiklab parvarish qilingandagina yashab qolishi mumkin. - VII oyi yoki 28 haftasi o'tgach homila chala (yetilmagan) hisoblanadi-yu, yashay oladi, ammo shu muddatda tug'ilgan bolalar juda sinchiklab parvarish qilingandagina yashab qolishi mumkin.
- VIII oy oxirida homilaning bo'yi 40 sm, vazni 1500-1600 g. homila tug'ilgach yashab ketishi uchun maxsus parvarishni talab qiladi.
- IX oy oxirida homilaning bo'yi 45 sm, vazni 2400-2500 g, teri ostidagi yog' qavati qalin tortadi, terisi silliq, pushti rang, badanidagi tuk kamaygan. boshidagi sochi o'sgan. Bu muddatda tug'ilgan bola yashab ketadi.
- X oy oxiriga kelib chalalik (yetilmaganlik) belgilari yo'qoladi, homila yetilib tug'iladi. Homila akusherlar hisobicha X oy oxirida yetiladi. Homilaning oy-kuni yetib tug'ilishi yetilish darajasiga ba'zan mos kelmaydi.Rivojlanish sharoiti noqulay bo'lganda (onaning kasalligi, yaxshi ovqatlanmasligi va hokazo) oy-kuni yetib tug'ilgan bolada ham yetilmaslik teskarisi ham bo'ladi: bola muddatidan ilgariroq tug'iladi, lekin yetilgan boʻladi. 14%, oy belgilari bo'lishi mumkin.
Fetal davr - Fetal davr akusherlik muddatining 11 haftaligidan to tug’ilishgacha davom etadi. Fetal davr boshiga kelib homilada barcha a’zolar tizimi shakllanib bo’lgan bo’ladi (endigi rivojlanish shakllangan tizim doirasida sodir bo’ladi), tashqi ko’rinishidan homila chaqaloqni eslatadi, tana proportsiyalarining o’zgarishi va homilaning jadal o’sishi boshlanadi.
- Ayollarning homiladorligini «trimestr»larga ajratish qabul qilingan (uch oylik davrlar). Shunga ko’ra, homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlari haqida gapiriladi. Trimestrlarning har biri ma’lum akusherlik xususiyatlari va xavfi bilan tavsiflanadi.
Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi: - Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi:
- Homilaning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan ona organizmining funktsional tizimi;
- Asosan, normal gomeostazasini saqlab turish uchun mas’ul bo’lgan homilaning funktsional tizimi.
- Homiladorlikni ma’lum bir bosqichida ushbu ikki funktsional tizimlar o’rtasidagi asosiy bog’liqlikni yo’ldosh (lot. placenta) ta’minlaydi, natijada yot (ona immun tizimi nuqtai nazaridan) homilani himoya qilish uchun feto-platsentar to’siq shakllanadi.
Homilaning yetilganlik belgilari - Bo’yi o’rtacha hisobda 50 sm, vazni 3200-3600 bo’ladi
- Terisi och pushti rangda teri asti qatlami yaxshi rivojlanagan,terisida pishloqsimon surtma qoldiqlari bor, tuklari faqat yelkasida,sochining uzunligi 2 sm.
- Quloq va burun tog’aylari elastik
- O’g’il bolalarning moyaklari yorg’oqqa tushgan, qiz bolalarning kichik jinsiy lablari va klitori katta jinsiy lablar bilan yopilgan bo’ladi
- Faol harakat qiladi, baralla chinqiradi, ko'zlari ochiq bo’ladi yaxshi emadi.
E'tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |