Iqtidorli o‘quvchilarni faoliyatini rivojlantirish loyihasi
• O‘quvchilarning munosabatga kirishish qobiliyatini rivojlantirish;
• O‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytirish
• O‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash qobiliyatini kuchaytirish
• O‘quv faoliyatiga qiziqishni kuchaytirish
• Xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish
• O‘quvchilarda og‘zaki va leksik ko‘nikmalarni rivojlantirish
Iqtidorli o‘quvchilar bilan faoliyat yuritish turlari:
Iqtidorli o‘quvchilar guruhini tashkil qilish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish;
Qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish;
Fakultativ darslar tashkil etish;
Tanlovlar va olimpiadalarda ishtirok etish;
Shaxsiy reja asosida faoliyat yuritish;
Individual konsultatsiyalar tashkil etish;
Ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish;
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchi:
Ziyrak va zukko bo‘lish;
Iqtidorli bolalar psixologiyasini yaxshi bilishi xamda ularning talab
va qiziqishlarini his qila olishi;
Ta’lim soxasida tajribaga ega bo‘lishi;
Yuqori intellektual salohiyat egasi bo‘lishi;
Mahoratli va dunyoqarashi keng bo‘lishi;
Iqtidorli bolalarni o‘qitish bilan bog‘liq xar qanday majburiyatni
bajara olishi;
Tabiatan faol va kirishimli bo‘lishi;
Izlanuvchan va doimo o‘z ustida ishlashi;
Ijodiy fikr yuritish, noan’anaviy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur.
4. Fizika o‘qitishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash va ularni turli tanlovlarga tayyorlash masalalari
Hozirgi kunda ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi
barchamizga ma’lum. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ularning
iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish belgilab berilgan. Shu ma’noda akademik
litseyda tahsil oladigan o‘quvchilarni ilm- fanga yunaltirish, iqtidorli va
iste’dodli o‘quvchi yoshlarning iqtidori va iste’dodini yanada
shakllantirish borasida keng amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi bolani butun bir ta’lim
tizimining markaziga qo‘yadi va unga tabiatan berilgan o‘z qobiliyatini
ro‘ѐbga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit
yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta’lim jaraѐnidagi
bolaning o‘rni va unga kattalarning munosabatidir. Bunda bolani ta’lim tizimiga moslashtirmay, balki bolaning
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishi uchun imkon
beriladi, uning o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoѐn
etish, faollashtirish xususiyatlari asosida anglash, mushohada qilish, o‘z
amaliy faoliyatida sinab ko‘rish, yangi g‘oya va fikrlarni bildirish, mavjud
muammolar yechimining samarali yo‘llarini qidirish uchun erkinlik berish,
bolaning ijodiy, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun sharoit
yaratiladi. Har qanday bola o‘ziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter
xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi.
Tarbiyachi mashg‘ulot jaraѐnida bolalar tafakkurini rivojlantirishga
xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, tadqiqot, dialog, evristik
suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday shart-
sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada bola uchun dastlab
neytral bo‘lgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat kasb etsin.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, ularga fanlar bo‘yicha amaliy
yordam berishda muammolar ham yo‘q emas. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash
tajribasiga asoslangan holda muammolarni hal qilishda quyidagi
vazifalarni bajarish samarali natija beradi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashdagi muammolar
Iqtidorni aniqlay olmaslik;
Uslubiy adabiyotlarning mavjud emasligi;
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda vaqtning yetishmasligi;
O‘quvchilarning o‘ta bandligi;
Ma’lum bir fan bo‘yicha bilimlarning chuqur o‘rgatilishining mohiyatini
o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri baholay olinmasligi
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar
Nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish uchun kerakli ko‘rsatmalarni
berish; Iqtidoridan kelib chiqqan holda fanlar bo‘yicha “Iqtidorli
o‘quvchilar maktabi” ni tashkil etish Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni
uzviy, uzluksiz tizimda tashkil etish. O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini
o‘tkazish uchun moddiy-texnik baza yaratish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan
ishlash uchun olimpiada talablari asosida dastur yaratish. Iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlash uchun olimpiada talablari asosida testlar bazasini
yaratish va interfaol metodlardan foydalanish zarur. Masalan:
“Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar.
Davra stolining tuzilmasi: Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi” ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan
“Davra suhbati” metodining tuzilmasi: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi; 2)Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi; 3)Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi; 5)Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi; 6) Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 7) Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi; 8) Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi; 9) Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
“Loyiha” metodi: - bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhiningbirgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak. Quyidagi chizmada “Loyiha” metodining bosqichlari keltirilgan. “Loyiha” metodining bosqichlari: metodning bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.
2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
5. Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini “Baholash varaqasi” da qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |