Mavzu: Fizik maydonlar va anoma- liyalar. Reja: 1.elektr va magnit maydon. 2.elektromagnit maydon. 3.anomaliyalar.
Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt boʻyicha oʻzgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi boʻlib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon koʻrinishidir. Materiyaning har qanday oʻzgarishlari, ularning oʻzaro taʼsirlari vaqt oraligʻida va fazoda roʻy beradi, har qanday fizik taʼsir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga taʼsiri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita taʼsir etadi.
Har bir zaryad oʻz atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga taʼsir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud boʻlgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga kuch taʼsir etishidir. Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi Yo va maydon potensiali f bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi boʻlib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan taʼsir etadigan elektr kuchlanishi bilan oʻlchanadi. Kuchlanish vektor kattalik boʻlib, yoʻnalishi musbat zaryadga taʼsir etuvchi kuch yoʻnalishi bilan bir xil.
Elektr maydon kuchlanganligi. Elektrlangan jism atrofida fazoda elektr maydon mavjud bo`ladi. Elektr maydon materiyaning moddadan farqli bo`lgan bir turidir. Elektr maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch. elektr kuchi deb ataladi, Elektr maydonning asosiy xossalari —elektr zaryadiga bu maydonning biror kuch bilan ta`sir qilishidir. Zaryadga ko`rsatilgan ta`sirga qarab maydonning borligini, uning fazodagi taqsimoti aniqlanadi. Qo`zg`almas zaryadning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektrostatik maydonni faqat elektr zaryadlari hosil qiladi. B Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo`yilgan zaryadga ta`sir etuvchi kuchning bu zaryadga nisbati maydonning har bir nuqtasida zaryadga bog`liq emas va maydon xarakteristikasi deb hisoblanishi mumkin. Bu xarakteristika maydon kuchlanganligi deyiladi:
Magnit maydon. Magnit maydon matematik jihatdan vektor maydon sifatida tasvirlanadi. Ushbu vektor maydonni toʻgʻridan toʻgʻri panjara ustiga chizilgan koʻplab vektorlar toʻplami sifatida chizish mumkin. Har bir vektor kompas koʻrsatadigan tomonga yoʻnaladi va uzunligi magnit kuchning qiymatiga bogʻliq. Kompaslarni tushuntirish Koʻpgina kichik kompaslarni panjara andazasi boʻyicha qoʻyish va panjarani magnit maydoniga joylashtirish ushbu usulni namoyish etadi. Bu yerda yagona farq shundaki, kompas maydon kuchining qiymatini koʻrsatmaydi.
Vektor maydondagi maʼlumotni koʻrsatishning yana bir yoʻli – bu maydon kuchlanganlik chiziqlaridan foydalanish. Bu yerda biz panjarada hosil boʻlgan andazani chizib, vektorlarni silliq chiziqlar bilan tutashtiramiz. Biz xohlagancha chiziqlar chizishimiz mumkin.
Elektromagnit magnit maydonning elektr toki tomonidan ishlab chiqarilgan magnit turidir. Elektromagnitlar odatda gʻaltak ichiga oʻralgan simdan iborat. Sim orqali oʻtadigan tok sim oʻrami orasida toʻplangan magnit maydon hosil qiladi, bu gʻaltakning markazini bildiradi. Tok oʻchirilganda magnit maydon ham yoʻqoladi. Sim oʻramlari koʻpincha temir kabi ferromagnit yoki ferromagnetik materiallardan yasalgan magnit oʻzak atrofida oʻraladi; magnit oʻzak magnit oqimini toʻplaydi va yanada kuchli magnit hosil qiladi.
Magnit anomaliyalar – bu osmon jismining yuzasida magnit maydon vektorining kattaligi yoki yo’nalishi qo’shni hududlardagi qiymatlardan sezilarli darajada farq qiladigan joylar. Anomaliya ijobiy (magnit maydon kuchining vertikal komponenti normal maydon yo’nalishiga to’g’ri kelganda) va salbiy (teskari holatda) bo’lishi mumkin. Magnit anomaliyaning belgisi uni hosil qiluvchi jinslarning moddiy tarkibiga bog’liq.
1.Elektr maydon tushumchasini birinchi bo‘lib fanga kim kiritgan. A)M.faradey B)paskal c)nyuton d)a.eynshteyn 2.Elektrlangan jismlarning Bir-biriga ta’siri Ularning harakati .......... Tufaylidir. A)elektr maydon b)magnit maydon c)elektromagnit maydon.
3.Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali Nima bilan tavsiflanadi. A)f b)n c)v d)p 4. maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch. A)elektr kuchi B)magnit maydon C)Maydon kuchlanganligi
5.Magnit maydonning elektr toki tomonidan ishlab chiqarilgan magnit bu A)elektromagnit B)anomaliya C)F 6.Magnit maydon matematik jihatdan ....... maydon sifatida tasvirlanadi. A)fizik B)vektor C)anomaliya