Viruslar zararlangan o’simliklardan olingan urug’lar orqali ham yuqishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaikasi, loviyaning oddiy mozaikasi, pomidor mozaikasi, lyupinning qorayishi va soya mozaikasini qo’zg’atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi. Mozaika kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning ko’pchiligi urug’ bilan o’tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o’tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko’chat bilan o’tishi mumkin. - Viruslar zararlangan o’simliklardan olingan urug’lar orqali ham yuqishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaikasi, loviyaning oddiy mozaikasi, pomidor mozaikasi, lyupinning qorayishi va soya mozaikasini qo’zg’atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi. Mozaika kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning ko’pchiligi urug’ bilan o’tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o’tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko’chat bilan o’tishi mumkin.
Begona o’tlar ham virus rezervatori bo’lib xizmat qilishi mumkin. Sariq tipdagi virusli ko’p kasalliklarning begona o’tlarga bog’liqligi aniqlangan. - Begona o’tlar ham virus rezervatori bo’lib xizmat qilishi mumkin. Sariq tipdagi virusli ko’p kasalliklarning begona o’tlarga bog’liqligi aniqlangan.
- O’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko’p jihatdan tashqi sharoitga bog’liq. Ko’pincha biror temperatura virusli kasalliklarning mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo’lishi harakteriga ta’sir ko’rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu esa o’z navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini topadi, kasallik belgilari harakteriga va o’simliklarning zararlanishi darajasiga ta’sir etadi.
Tamaki temperatura mo’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozaika virusi bilan eng ko’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo’ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o’zgarishi mumkin. - Tamaki temperatura mo’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozaika virusi bilan eng ko’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo’ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o’zgarishi mumkin.
- Yorug’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo’lishida o’z ifodasini topishi mumkin. Odatda, sust yorug’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Natijada tamaki barglari qurib qoladi. Ba’zi virusli kasalliklarda kuzatiladigan mavsumiy rivojlanish ko’pincha yorug’lik kuchining har xilligiga bog’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga, uning asari sifatida viruslar o’simliklarga keltiradigan zararning kam-ko’pligiga ta’sir etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |