Mozaika kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaikasi kuzatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo’lishi (nekroz) kuzatiladi. Barg tomirlari bo’ylab joylashgan va bargning orqa tomonidan, ayniqsa, yaxshi ko’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga hos xususiyatdir. Viruslar o’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hoqazo. - Mozaika kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaikasi kuzatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo’lishi (nekroz) kuzatiladi. Barg tomirlari bo’ylab joylashgan va bargning orqa tomonidan, ayniqsa, yaxshi ko’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga hos xususiyatdir. Viruslar o’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hoqazo.
Barg plastinkasining butunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaikadan farq qiladi: mozaika rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi butunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi. Sariq tipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va funktsional faoliyati qattiq buzilishi kuzatiladi - Barg plastinkasining butunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaikadan farq qiladi: mozaika rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi butunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi. Sariq tipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va funktsional faoliyati qattiq buzilishi kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |