Mavzu: Skopolamin gidrobromid olish texnologiyasi
Skopolamin gidrobromid - rangsiz kristall yoki oq kristallik kukun suv va
spirtda yaxshi eriydi, xloroformda esa yomon. Ter.-192- 1960 S.
Farmakalogik ta‘siri bo’yicha atropinga yaqin bo’lib pereferik xolinoreaktiv
sistemalarga ta‘sir ko’rsatadi. Markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi sifatida ta‘sir
ko’rsatib nafas olishni qiyinlashtiradi, xarakat faolligini kamaytiradi.
Bu preparat psixiatriyada tinchlantiruvchi modda sifatida parkinsonizm
kasalligini davolashda, xirurgiya amaliyotida analgetiklar bilan birgalikda ishlatiladi.
Skopolaminning nordon tuzi aeron tabletka tarkibiga kiradi.
Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraksiyalash. Skopolaminni olishda
xom ashyo sifatida Meksika bangidevonasi-Datura
ippoxia Mill; ituzumdoshlar -
Solanaseae oilasiga kiruvchi o’simligining urug’i olingan.
Meksika bangidevonaning urug’i tegirmonda maydalanib (maydalanish darajasi
1-2mm) izopropil spirti bilan xona temperaturasida qarama-qarshi oqim prinsipiga
asoslanib diffuzor batareyalarda (12 tadan tashkil topgan) ekstraksiyalanadi.
Bosh diffuzorga xom ashyo solingandan keyin izopropil spirt quyiladi to
ekstrakt qopqog’ining kontrol kranida paydo bo’lguncha. Bir soatli tindirishdan keyin
ekstrakt to’yingan ekstraktlar o’lchagichga o’tkaziladi. Oxirgi diffuzorga esa izopropil
spirti beriladi va 30 minutli tindirishdan keyin 2 chi ekstrakt olinadi. Ishlatilgan xom
ashyo diffuzordan bo’shatiladi. Xosil bo’lgan spirtli ekstrakt 1 chi xajmga nisbatan
1 20 bo’lguncha vakuumda bu\latiladi. Kubli qoldiq keyingi jarayonga yuboriladi.
Sirka kislotali ajratmani olish.
Kubli qoldiq reaktorga o’tkazilib suv qo’shiladi va 20% H2SO4 eritmasi bilan
nordonlashtiriladi. Xosil bo’lgan aralashmaga DXE qo’shiladi 10 min. aralashtiriladi
va 15 min. tindiriladi. Toza bo’lmagan DXE regeneratsiya uchun yi\gichga beriladi.
YOg’sizlantirilgan sulfat kislotali suvli alkaloidlar eritmasi yig’gichdan reaktorga
o’tkazilib 25% NH3 eritmasi rN 5,0-5,5 bo’lguncha neytrallanadi. DXE ni yuqotish
uchun xosil bo’lgan massa 3 soat davomida xavoda puflanadi. So’ngra faollangan
ko’mir eritmaga qo’shiladi 15-20 min aralashtirgandan keyin nutch - filtrida filtrlanadi.
Filtrat reaktorda yig’iladi va 25% li ammiak eritmasi bilan rN 8-9 bo’lguncha
ishqorlanadi. Alkaloidlar ekstraksiyasi DXE bilan olib boriladi. Xamma ekstraktlar
yig’gichga yilib reaktorga o’tkaziladi. Ekstraktga 15% li suvli sirka kislotaning
eritmasi qo’shiladi. 30 min aralashtirib 20 min. tindiriladi. Muxitning yuqorigi qismi nordon bo’lishi shart. quyi qavati yig’gichga, nordon ajratmasi esa apparatga
yuboriladi. quyidagi ish 2-3 marta takrorlanadi. Nordon ajratmalar birlashtiriladi.
Skopolamin asosini olish.
Nordon ajratma qozonga o’tkazilgandan keyin unga aralashtirib turgan xolda
25% li ammiak qo’shiladi, to rN 6-6,1 bo’lguncha, so’ngra eritmaga faollangan ko’mir
qo’shilib 10-15 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin eritma nutch-filtrda
filtrlanadi. Ko’mir esa suv bilan yuviladi. Filtrat apparatga quyilib 50S gacha sovutiladi
va eritmada alkaloidlar yo’qolguncha etil efiri bilan ekstraksiyalanadi. Efirli ajratmalar
birlashtirilib unga suvsiz nordon kaliy qo’shilib 18 soat quritiladi. Keyin ekstrakt
filtrlanadi va bug’latiladi, toki efir yo’qolguncha xosil bo’lgan qoldiq asosan
skopolamin - asosidan tashkil topgan.
Texnik skopolamin - gidrobromidni olish.
Kub qoldiqni saqlagan apparatga 980
etil spirti quyiladi. Spirtli eritma -50S
gacha
sovutiladi
va
unga
aralashtirib
turgan
xolda
bromvodorodli
(bromistovodorodnaya) kislota solinadi kuchsiz kislotali reaksiya bo’lguncha, 65%
bromvodorodli kislotadan va 980
etil spirtidan spirtli bromvodorodli kislotali
aralashmani tayyorlanadi. Xosil bo’lgan massani kristallar xosil bo’lguncha
aralashtiriladi. Skopolamin gidrobromid kristallari to’liq tushishi uchun 18 soatga shu
xaroratda tinch qoldiriladi. Eritmadan ajralib chiqqan skopolamin-gidrobromid
cho’kmasi nutch-filtrdan o’tkazib uning ustiga sovutilgan 980
etil spirti qo’shiladi.
Xosil bo’lgan maxsulotni 18 soat davomida xavoda quritiladi.
Skopolamin-gidrobromid fabrikatini olish.
YAssi tubli kolbaga olinib texnik skopolamin gidrobromid solinadi unga 1:3
nisbatda 980 S2N5ON qo’shiladi va maxsulot to’liq eriguncha teskari muzlatgichli
kolbaga o’rnatilib suv xammomida qizdiriladi. Aralashmaga faollangan ko’mir
qo’shiladi va eritma 10 min. davomida qizdiriladi. So’ngra Byuxner voronkasida
filtrlanadi. Oxirgi maxsulotni kristallash uchun filtrat kolbaga o’tkazilib muzli
xammomida 2-3 soatga qoldiriladi. CHo’kkan cho’kma shisha filtrdan o’tkaziladi va
etil efiri bilan yuviladi, xosil bo’lgan skopolamin gidrobromid xavoda quritiladi.
Skopolamin gidrobromidning umumiy chiqishi skopolamin-asosiga nisbatan
xisoblanganda 19,13% ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |