Mavzu: Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja


Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri



Download 64,11 Kb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi64,11 Kb.
#885272
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja (1)

Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Proporsionallik.
2.Uzluksizlik.
3.Mo'tadillik.
4.Parallellik.

Buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida eng qisqa yo'l bilan harakat qildirish, ishlovga uzatish va tayyor mahsulot olish. Buning uchun korxonaning sex va uchastkalarida joylashishi texnologik jarayon talablariga javob berishi kerak.


Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.


Proporsionallik — vaqt birligi ichida korxonaning asosiy va yordamchi sex-uchastkalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi teng miqdorda bo'lishi lozim.
Uzluksizlik — mahsulot turi cheklangan, ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan sharoitda amalga oshiriladi. Bunda buyumlarga ishlov berishda kutib qolishlar bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish davri qancha kam bo'lsa, unumdorlik shuncha yuqori bo'ladi. Mehnat sarfining me'yori ma'lum vaqt oralig'ida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki shu hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt. Demak, ishlab chiqarisji davrining kamayishi mehnatning tejalishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish davri texnologik jarayonlar davridan va tanaffuslar davridan iborat.

Ishlab chiqarish davrining uzunligi quyidagi umumiy formula asosida topiladi:


bu yerda, Tum — ishlab chiqarish davrining umumiy uzunligi, soat, min; texnologik jarayonlar uzunligi; tabiiy jarayonlar uzunligi; nazorat etish jarayoni uzunligi; transport operatsiyalari uzunligi.

Bu vaqtlar texnologik jarayonlar davri, deb yuritiladi: topa — buyumlarni smenalararo operatsiyalar o'rtasida turib qolish vaqti; smenalararo turib qolish vaqti; operatsiyalar va tanaffuslar soni.


Ishlab chiqarish davrining uzunligi buyumlar, detallar, uzellarga (mahsulot bo'laklariga) ishlov berish usuliga bog'liq. Buyumlarga ishlov berish tartibiga ko'ra, ishlab chiqarish davri uzun yoki qisqa bo'ladi.

Erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish chuqur islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Barcha korxona ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o’tish har tamonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.


Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi eng muhim omil - bu fan va texnika taraqqiyoti bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

  • ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish: yuqori bosim va ta’sirchan kuchlar qo’llaniladigan membranali, lazerli, plazmali texnologiyalar va boshqalar;

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi robot texnikalar, rotorli va rotor - konveyr liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish;

  • metall mahsulotlar, plastik qorishma, kompozitlar, metall kukunlar, keramik va boshqa progressiv tuzulishli materiallarning yangi shakllarini yaratish va undan foydalanish.

Erkin bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi barcha omillarning ta’sir qilish imkoniyati sezilarli o’zgaradi. Xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshiriladi, - u iste’molchilar talabidan kelib chiqib, unga moslashtiriladi; xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qurilish, transport va aloqa yuqori texnologiyalar asosida zamonaviylashtiriladi; jahon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga tenglashtiriladi; turli mulk shakllariga (davlat, xususiy, akstionerlik va jamoa mulkchiligiga) asoslangan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tiladi; xo’jalik yuritishning barcha shakllari erkin rivojlantiriladi; iqtisodiyot moliyaviy sog’lomlashtiriladi; mamlakat xalqaro aloqalarga uzviy bog’lanadi.


Yuqorida ta’kidlanganlar natijasida boshqariladigan, madaniyatli bozor xo’jaligi shakllanadi. Bu esa mehnat unumdorligining oshishiga, jami ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, milliy boylikning ortishiga olib keladi.



Download 64,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish