Ishlab chiqarish jarayoni — bu mehnat va tabiiy jarayonlarni ma'lum tartibda ketma-ketlikda tashkil etish majmuasi bo'lib, ular yordamida xomashyo, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari:
Kishilarning foydali mehnat jarayoni, ya'ni «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati».
«Mehnat» — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish borasidagi jismoniy va aqliy mehnati qobiliyati.
Mehnat vositalari — mashina, mexanizmlar, texnologiya, dastgohlar, binolar, tovar moddiy boyliklari va boshqa mehnat qurollari.
Mehnat buyumlari — xomashyo materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar.
Ishlab chiqarishni tashkil etish — muhim va murakkab jarayon, u hamma narsani hal qiladi.
Korxona bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlari — asosiy va yordamchi jarayonlarga bo'linadi.
Asosiy texnologik jarayonlar yordamida xomashyo materiallarining shakli, yirikligi, tuzilishi, ko'rinishi va xususiyatlari o'zgaradi.
Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksiz, bir me'yorda, ritmda, mo'tadil borishini ta'minlaydi. Ular yorclamida olingan mahsulotlar asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ularga asbob-anjomlar ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonlari nihoyatda murakkab jarayon va ular, odatda, bir necha fazalarga, bosqichlarga bo'linadi:
Tayyorlov.
Qayta ishlash.
Yig'uv yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish.
«Texnologik jarayon» deb, bir ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan bir ish joyida mehnat qurollari (kapital) va mehnat buyumlari o'zgarmagan sharoitda bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismiga aytiladi.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, sotiladigan tovarlar hajmi, ularning Narxi, xarajatlarva foyda miqdori ishlab chiqarish omillaridan iborat bo'lgan ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq.
Agar firma yangi avtomobil ishlab chiqaradigan bo'lsa, «mashinaning yig'uv sexlari qay darajada texnika bilan jihozlanadi, qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak?» kabi savollar har doim shu firmani qiziqtirib turishi lozim. Shuningdek, firma avtomobil ishlab chiqarishni ko'paytirmoqchi bo'lsa, «ishchilar sonini qanchaga oshirish kerak, yangi korxona qurish kerakmi yoki shu korxonani kengaytirish, quvvatini oshirish zarurmi, qaysi biri maqsadga muvofiq?» savollari uni o'ylantiradi. Bu xildagi savollar har qanday ishlab chiqarishga tegishli. Demak, ishlab chiqarish nazariyasi va xarajatlar firmani boshqarishdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |