Reja:
Kirish 1.FIFA paydo bo’lishi tarixi 2. FIFA haqida tushuncha 3.Xalqaro Futbol Federatsiyasi rivojlanishi va o’tkazilgan o’yinlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish FIFA
International Federation of Association Football
(FIFA)
|
|
Turi
|
Federation of national associations
|
Shiori
|
For the Game. For the World.
|
Ishga tushgan sanasi
|
21-may 1904-yil
|
Joylashuvi
|
Zurich, Switzerland
|
Xoʻjayinlar
|
Sepp Blatter (President)
|
Vebsayti
|
www.FIFA.com
|
Fédération Internationale de Football Association (fransuzchadan "Xalqaro Futbol Federatsiyasi"; qisqartmasi FIFA) dunyo boʻyicha futbol masalalariga masʼul tashkilotdir. 1904-yilning 21 mayida Parijda FIFA — milliy futbol federatsiyalari uyushmasi tuzildi. Bu xalqaro musobaqalarni keng va tartibli tashkil qilishga yoʻl ochib berdi. FIFAning dunyoga kelishi uchun jon kuydirgan shaxs — frantsiyalik Rober Geren uning birinchi prezidenti boʻldi. Bungacha Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti boʻlish bilan birga u Le Matin gazetasida ham ishlar edi. Aslida Geren muhandis diplomiga ega boʻlgan. FIFA prezidenti sifatida u dastlab klublar, soʻngra terma jamoalar oʻrtasida xalqaro musobaqalar uyushtirish gʻoyasini ilgari surdi. 1904-yilgi Taʼsis kongressida FIFA ustavining 9-bandida shunday belgilab qoʻyildi: «FIFA xalqaro chempionatlarni tashkil qilish eksklyuziv huquqiga ega». 1905-yilgi kongressda gollandiyalik Karl Anton Villem Xirshman 15 ishtirokchi oʻrtasida (har bir davlatdan bittadan) klublar chempionatini oʻtkazish taklifini kiritdi. Xirshmanning fikriga koʻra ular 4 guruhga boʻlinishi kerak edi: 1-guruh: Angliya, Shotlandiya, Uels, Sh.Irlandiya 2-guruh: Belgiya, Frantsiya, Gollandiya, Ispaniya 3-guruh: Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Vengriya 4-guruh: Daniya, Germaniya, Shvetsiya Tasavvur qiling, hozirgi Chempionlar ligasi 1991-yili emas, 1905-yiliyoq tashkil qilinishi mumkin edi. Chempionatda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati deb 1905-yilning 31 avgusti belgilandi. Ammo shu kungacha FIFAga birontayam ariza tushmadi! Bunday muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Geren 1906-yilning 4 iyunida, FIFAning uchinchi kongressida isteʼfoga chiqqanini maʼlum qildi. FIFA boshqaruviga kelgan angliyalik Daniel Berli Vulfoll davrida ham (1918-yil 24 oktabrda davom etgan) ushbu gʻoyalar amalga oshirilmadi. 29 oy FIFA prezidentsiz qolgach, 1921-yil 1 aprelida bu lavozimga frantsuz Jyul Rime oʻtirdi. Jahon chempionatini uyushtirish uchun sharoit pishib yetilganligini ilgʻagan Rime oʻz nomini tarix sahifalariga muhrlashga sazovor boʻldi. 1928-yilning 29 may kuni, Amsterdamda boʻlib oʻtgan kongressda tarixiy qarorga kelindi. Yana bir frantsuz Anri Delonning taklifiga koʻra 1-jahon chempionati 1930-yili oʻtkaziladigan boʻldi. Amsterdamda birinchi jahon chempionatining mezboni kim boʻlishi kerakligidan boshqa barcha masalalar kelishib olindi.
Mezbon esa FIFAning navbatdagi, 1929-yilning 18-19 may kunlari Barselonada boʻlgan kongressida aniq boʻldi. Nomzodlar 6 ta edi — Italiya, Shvetsiya, Gollandiya, Vengriya, Ispaniya va Urugvay. Yevropaning 5 vakili tarixiy chempionatni oʻtkazish huquqini bir ovozdan okeanorti mamlakatiga topshirishga qaror qildilar.
Fifa (FIFA, frans. Federation internationale de Football Association soʻzlari bosh harfidan) — xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi. 1904-yil Fransiyada taʼsis etilgan. 204 ta milliy futbol uyushmasini birlashtiradi (2003). Oʻzbekiston 1994-yildan aʼzo. Turli miqyosdagi xalqaro musobaqalar: milliy jamoalar oʻrtasida jahon chempionati (1930-yildan), mini futbol boʻyicha, ayollar jahon chempionatini, oʻsmirlar oʻrtasida, 16—17 yoshli futbolchilarning jahon chempionatini, qitalararo turnir va kubok musobaqalarini tashkil qiladi va oʻtkazadi. "FIFA magazin" bezakli jur., "FIFA Nyus" oylik byulletenini nashr etadi. Futbolni targʻib qilish ishidagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi S. Arutyunov FIFA medali bilan mukofotlangan (1998), "Neftchi" (Fargʻona) jamoasi futbolchisi S. Lebedev FIFA terma jamoasi tarkibida oʻynagan (1997).
Do'stlaringiz bilan baham: |