CheMPIONATLAR 26 TA, CheMPIONLAR 27 TA
1992 yildan buyon, 26-marta tashkillashtirilgan O‘zbekiston milliy chempionatining bu yilgi mavsumida Toshkentning «Lokomotiv» klubi ikkinchi bor chempion bo‘lishga juda yaqin turibdi va yangi chempion O‘zbekistonning 27-chempioni bo‘ladi. Eng dastlabki chempionat — 1992 yilgisida Toshkentning «Paxtakor» va Farg‘onaning «Neftchi» klublari ochkolari teng bo‘lgani bois birvarakayiga qo‘sh chempion, deya e'lon qilingan. Kumush medal hech kimga berilmagan.
JAHON CheMPIONLARI O‘ZBeKISTON CheMPIONATIDA
O‘zbekiston chempionatida jahon chempioni to‘p surgan va jahon chempioni bo‘lgan murabbiy ishlagan. 2002 yilgi jahon chempioni, 1999 yilda «Oltin to‘p» mukofoti va FIFAning «Yilning eng yaxshi o‘yinchisi» Rivaldo 2008-2010 yilgi mavsumlarda O‘zbekiston chempionatida to‘p surgan va hattoki 2009 yili 20ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixda qolgan. U ikki bor O‘zbekiston chempioni (2008-2009) va bir bor mamlakat kubogi sohibi (2008) ham hisoblanadi.
Murabbiy sifatida 2002 yilgi jahon chempioni Luis Felipe Skolari ham «Bunyodkor»ni 2009-2010 yillarda boshqargan va 2009 yili chempionlik sari yetaklagan.
O‘ZBeK FUTBOLINING ENG KATTA YuTUG‘I XIROSIMADA RO‘Y BeRGAN
O‘zbek futbolining eng esda qolarli yutug‘i 1994 yili Yaponiyaning Hirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida quchgan zafaridir. Guruh uchrashuvlarida Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Hongkong (1:0), Tailand (5:4) ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekiston futbolchilari chorak finalda Turkmanistonni 3:0, yarim finalda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yengib, finalda xitoylik futbolchilar ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishadi.
O‘sha paytlarda Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoalar ishtirok etishardi. Yangi asrdan Osiyo o‘yinlaridagi futbol turnirida olimpiya (U23) terma jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi.
JAHON CheMPIONATI SARALASh O‘YINI QAYTADAN O‘TKAZILGAN
2006 yili Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati saralash turnirining O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi OFK mintaqasi pley-off uchrashuvining dastlabkisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘yinni boshqargan hakam — yaponiyalik Toshimitsu Yoshida o‘yinda bahraynliklar darvozasiga penalti belgilaydi. Server Jyeparov tomonidan amalga oshirilgan penalti gol bo‘ladi. Biroq Temur Kapadze penalti ijro etilayotgan chog‘da raqib jarima maydoniga zarbadan avval kirgani sababli penalti qaytadan ijro etilmasdan, Bahrayn foydasiga erkin to‘p belgilanadi. Garchi o‘yinda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, O‘zbekiston futbol federatsiyasi hakamlik ustidan shikoyat qilib xat yozadi. FIFA o‘yin natijasini bekor qilib, o‘yinni boshqatdan o‘tkazadi. Toshkentdagi qayta o‘tkazilgan o‘yin 1:1 hisobida
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim tug’risida”gi qonuni, 1997 y.
2. “Kadrlar tayerlash Milliy dasturi” 1997 y.
3. Vazirlar Maxkamasining “Jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlan-tirish chora – tadbirlari tugrisida”gi Karori 1999 y.
4. Nurimov R.I.,Iseev P. – Futbolchilarni tayerlashda pedagogik nazorat (Pedagogik tavsiyalar) T. 1990
5. Nurimov R.I., Sergeev G.M. – Jismoniy tarbiya institutining pedago-gika fakulteti uchun dastur ( ixtisoslashtirish kursi) T.1995
6. Sergeev G.M., Nurimov R.I. – Futbol buyicha balalar va usmirlar sport maktabi olimpiya urinbosorlari, bolalar va o’smirlar maxsus maktabi, olipiya o’rinbosarlari bilim yurti o’quv-mashq qilish va sport komolo-tiga erishish guruhlari uchun dastur T. 1997 yil.
7. Akramov R.A., Talibdjanov A. – Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash. O’quv qo’llanma 2009 y.
www.ziyonet.uz
www.qdu.uz
www.arxiv.uz
www.referat.arxiv.uz
www.google.com
Do'stlaringiz bilan baham: |