Mavzu: Fermer xo’jaliklari yer uchastkalarining kadastr pasportini



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#289361
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72
Bog'liq
Kurs ishi Yer Kadastri G‘aybullayev Jasurbek 6v 19gkk

4. Iqtisodiy matematik usul matematik raqamlardir. Fermer xo‘jaligining 

barcha  ishlab  chiqarish  sohalari  bo‘yicha  ko‘rsatkichlarini  tahlil  qilishda 

matematik raqamlar 3 manbadan olinadi: 

1)  biznes-rejadan; 

2)  xo‘jalikning yillik hisobotidan

3)  me’yoriy  ma’lumotlar,  texnologik  karta  va  ma’lumotnomalardan. 

Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash, 

iqtisodiy tahlil, abstrakt raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish. 



5.  Loyiha  konsruktorlik  ishlari  usuli  –  loyihalashtirilgan  obyektlar  va 

jamlab  bo‘lmaydigan  har  xil  ko‘rsatkichlarni  tahlil  qilishdan  iborat. 

Yuqoridagi usullar yordamida fermer xo‘jaliklari va investitsiya loyihalari, 




xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati  hamda  iqtisodiy 

samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi.   

Fermer xo‘jaliklari mustaqil subyekt sifatida teng huquqli qishloq xo‘jalik 

korxonasi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda 

o‘z  yechimini  topmagan  ko‘plab  masalalar  mavjud.  Shu  maqsadda  fermer  

xo‘jaliklari  boshliqlarining  ma’lumoti,  mutaxassisligi  hamda  tadbirkorlik 

faoliyati tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi o‘rta ma’lumotli, turli kasb egalari

tadbirkorlik faoliyatini endi boshlaganlar ekanligi aniqlangan. Shu sababli, fanning 

fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirishdagi  ahamiyati,  avvalo,  fermer  xo‘jaliklarini 

tashkil etishning iqtisodiy, huquqiy ishlab chiqarish asoslarini o‘rganish; hukumat 

tomonidan  qabul  qilingan  qonun  va  qarorlar;  fermer  xo‘jaliklarining  xalq 

xo‘jaligidagi  o‘rni  va  istiqbollari;  yer-suv  resurslaridan;  asosiy  fondlardan 

foydalanish;  fermer  xo‘jaligini    boshqarish  va  mehnat  unumdorligini  oshirish; 

moddiy-texnika  resurslari;  investitsiya  va  uni  amaliyotga  jalb  etish;  mahsulot 

ishlab  chiqarishning  samaradorlik  ko‘rsatkichlari,  mahsulot  yetishtirish 

agrotexnikasi;  infratuzilma  va  servis  xizmatlari  ko‘rsatish;  tejamkor 

texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. 

 

Respublikada  faoliyat  ko‘rsatayotgan  qishloq  xo‘jalik  korxonalaridan  fermer 



xo‘jaligi  o‘zining  ishlab  chiqarish  salohiyati  va  olingan  iqtisodiy  samarasi  bilan 

ajralib  turmoqda.  Shuning  uchun  fermer  xo‘jaligini  rivojlantirishga  mamlakat 

Prezidenti  juda  katta  e’tiborni  qaratdi.  Fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirish  ishlari, 

asosan, 4 bosqichda amalga oshirilmoqda. I bosqich. Fermer xo‘jaligini tashkil qilish 

jarayonining  boshlanishi  (1998-  2001-  yillar).  II  bosqich.  Fermer  xo‘jaligini 

rivojlantirish bo‘yicha huquqiy me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi (1992-1996- 

yillar).  III  bosqich.  Fermer  xo‘jaliklarini  qishloq  xo‘jaligida  ustuvor  xo‘jalik 

yurituvchi  shakl  sifatida  rivojlanishi  (1997-2000-  yillar).  IV  bosqich.  Fermer 

xo‘jaliklarining rivojlantirilishi (2001-yildan boshlab). Bu keyingi davrni o‘z ichiga 

olib,  bu  davr  fermer  xo‘jaliklarini  istiqbolda  ustuvor  rivojlantirish  dasturlarining 

qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda respublika Prezidentining 2003-

yil  24-martidagi  №PF-3226  sonli  «Qishloq  xo‘jaligida  iqtisodiy  islohotlarni 

chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» va 2003-yil 27-oktabrida 

№PF-3342  sonli  «2004-2006-  yillarda  fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirish 

konsepsiyasi  to‘g‘risida»gi  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  5-

yanvarda №8 sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 30-oktabrida №476 sonli «2004-2006- yillarda 

fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirish  konsepsiyasini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»  va  2004-yil  24-dekabrda  №607  sonli  «2005-2007-  yillarda  fermer 

xo‘jaliklarini  jadal  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarorlari  qabul 

qilindi. 



Fermer  xo‘jaligini  rivojlantirish  Konsepsiyasining  asosiy  vazifalari: 

qishloqda  ijara  munosabatlarini  rivojlantirish  asosida  yer  maydonlaridan 

foydalanishni  tartibga  solish,  shuningdek,  yer  va  suv  resurslaridan  maqsadli 

foydalanishning  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqish;  mahsulot  yetishtirishda, 

moddiy-texnika  resurslari  bilan  ta’minlashda  fermer  xo‘jaliklarining  iqtisodiy 

mustaqilligini  lizing  va  servis  xizmatlaridan  samarali  foydalanish;  fermer 

xo‘jaliklariga  kredit  berish  va  uning  tartibini  soddalashtirish;  mahsulot 

yetishtirishni  o‘z  vaqtida  moliyalash  va  kreditlashni  takomillashtirishga  doir 

chora-tadbirlar  tizimini  amalga  oshirish;  xo‘jalikda  mahsulot  yetishtirish,  uni 

qayta  ishlash,  sotish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  keng  ko‘lamda  rivojlantirish; 

fermerlarni  o‘qitish  va  qayta  tayyorlashning  zamonaviy  tizimini  tashkil  qilish; 

fermerlarga  fan-texnika  taraqqiyoti,  yangi  agrotexnikalar  va  ilg‘or  tajribalarni 

amaliyotga  joriy  etish;  istiqbolsiz  shirkat  xo‘jaliklarini  fermer  xo‘jaliklariga 

aylantirishda  bo‘shab  qoladigan  ishchi  xodimlarni  fermer  xo‘jaliklariga 

joylashtirish  tadbirlarini  amalga  oshirish  va  undan  samarali  foydalanishdan 

iboratdir.  Fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirishda  hukumat  tomonidan  quyidagi 

imtiyozlar  berildi:  fermer  xo‘jaliklari  tashkil  etilgan  paytdan  boshlab,  ikki  yil 

muddatga  yagona  yer  solig‘i  to‘lashdan  ozod  etildi;  fermer  loyiha  asosida  o‘z 

hisobidan  o‘zlashtirgan  yer  uchun  besh  yil  davomida  yagona  yer  solig‘i 

to‘lashdan ozod qilindi: Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsatisiz 

fermerlar  faoliyatini  tekshirishga  chek  qo‘yildi;  xorijiy  texnologiyalarni  olib 

kirgan  dehqon  va  fermer  xo‘jaliklari  bojxona  to‘lovlaridan  ozod  qilindi;  yangi 

tashkil  etilgan  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lgan  dehqon  xo‘jaliklariga  eng 

kam ish haqining 150 barobari, fermer xo‘jaliklariga esa 300 barobari miqdorida 

boshlang‘ich  sarmoyalarni  berish  yo‘lga  qo‘yildi;  fermer  xo‘jaliklariga  lizing 

asosida  texnikalar  berila  boshlandi;  davlat  ehtiyoji  uchun  don  va  paxta 

yetishtiruvchi  fermer  xo‘jaliklariga  beriladigan  avans  mablag‘larini  oldindan 

kredit tarzida berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Uyushma tomonidan tashkil etilgan 

va  qishloq  xo‘jalik  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilarga  xizmat  ko‘rsatuvchi 

tashkilotlarni  tashkil  etilgan  vaqtdan  boshlab,  besh  yil  muddatga  daromaddan 

olinadigan soliqdan ozod etildi.  

 

   O‘zbekiston Respublikasining «Yer» kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 



Qonunlariga  muvofiq,  fermerlarga  yer  uchastkalari  uzoq  mud-  datli  ijaraga 

berish tartibi bo‘yicha beriladi. 

    Yer  uchastkalari  fermer  xo‘jaliklariga  tanlov  asosida  ijaraga  berilib,  ijara 

muddati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 

     Fermer xo‘jaliklariga quyidagi yerlardan ijaraga beriladi: 

- zaxira yerlaridan; 


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish