25-modda. Fermer xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati
Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash
va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat
berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga
kirishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga
a’zoligi majburiydir.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi
qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |