Qonunning 8-moddasi fermer xo‘jaligining Nizomi to‘g‘risida bo‘lib,
ustavning mohiyati, mazmuni, fermer xo‘jaligini boshqarish, ishlab chiqarishni
tashkil etish, fermerning huquq va majburiyatlari, xo‘jalikni qayta tashkil etish
yoki tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish bo‘yicha Vazirlar
Mahkamasining 2004-yil 30-oktabrdagi 476-sonli Qarori bilan «Fermer
xo‘jaligining namunaviy Nizomi» tasdiqlangan. Ushbu hujjat orqali har bir
fermer o‘zining sharoiti, ixtisosligini hisobga olgan holda fermer xo‘jaligining
Nizomini qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |