Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi. Fe’lning zamon shakllariga ta’rif bera oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
-fe’lning zamon shakllariga ta’rif bera oladi;
-fe’lning zamon shakllarini bir-biridan farqlaydi;
-fe’lning zamon shakllaridan o`rinli foydalanadi;
-mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Guruhlarga ajratish.
|
Suhbat
|
2daqiqa
2 daqiqa
2daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
2daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash
Uyga vazifani tekshiriladi.
Saylanma diktant.
|
“Tezkor savol-javob”
|
2 daqiqa
3daqiqa
3daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish.
1-2-topshiriqlar bajariladi.
|
Ilmiy matn ustida ishlash
|
13 daqiqa
|
V bosqich. Mustahkamlash
|
1.Mashqlar bajarish.216-mashq bajariladi.
2.217-mashq bajariladi.
|
“To`g`risini top”metodi
“Aqliy hujum”
|
5 daqiqa
5daqiqa
|
VI bosqich. Dars yakuni va baholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
218-mashq
|
Tushuntirish
|
2daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Sinf davomatini aniqlash.
O`tgan mavzu haqida suhbat.
O`quvchilarni guruhlarga ajratiladi.
Kun hikmati: Ko`nglimning gavhari shu aziz maskan,
Fidodir hamisha unga jon-u tan.
Otalar himatin yodi mash’ali,
Onalar oq suti hurmati – Vatan.
( Muhammad Yusuf)
II. O`tilgan mavzular yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash. “Tezkor savol-javob”.Tezkor savol javob tarqatma materiallar orqali amalga oshiriladi.
Bilib oling. Fe’l asoslariga qo`shilib,gapda kesim vazifasida qo`llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning munosabat shakllari deyiladi.
Fe’llarning zamon,mayl,shaxs-son qo`shimchalari munosabat shakllari sanaladi.Bu shakllariga ega bo`lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi.Yuqoridagi ma’no va shakllardan xoli bo`lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl –moq qo`shimchasi yordamida ifodalanadi.
Saylanma diktant olinadi.
O`tgan mavzu mustahkamlanadi.Uyga vazifani so`rash orqali amalga oshiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
O'qituvchi darsni o'quvchilarga quyidagi savollarni berish bilan boshlaydi:
O'qituvchi o'quvchilardan savollarga aniq va lo'nda javoblar olgach, ularning fikrlarini umumlashtirib, to'ldirib quyidagilarni bayon etadi:
Bilib oling. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo`lishini bildiruvchi shakllar zamon shakllari deyiladi.
Fe’l uchta zmon shaklariga ega:o`tgan zamon,hozirgi zamon,kelasi zamon.
Mashqlar bilan ishlash. 216-mashq.Matni o`qing,fe’llarning qaysi zamon shaklida kelayotganini aniqlang.Yurtimizda yetishtiriladigan uzum navlari haqida fikrlashing.
Ushbu mashqda “ To`g`risini top”asosida suhbat o`tkaziladi.Guruh a’zolari mashq shartidan kelib chiqib bajaradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
217-mashq.Quyidagi fe’llarni jadvalga joylashtiring.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ushbu mashqni bajartirishda o`qituvchi “Aqliy hujum” metodidan foydalanadi. Guruhlar bu mashqni shartiga ko`ra bajaradilar. Mashq bajarib bo`lingach, savol-topshiriqlar ustida ishlaydilar.So`ngra quyidagi rasm asosida matn yaratadilar.
Darsni yakunlash. Matn tuzing. Matndagi gaplar grammatik jihatdan o`zaro qanday bo`ladi?
V. Baholash. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar izohli baholanadi
VI. Uyga vazifa: 218-mashq.Ushbu mashq shartiga ko`ra “Mening bobom” mavzusida matn tuzib, unda ishlatilgan fe’llarning zamonini belgilash topshirig`i uyga vazifa qilib beriladi.
FE’LNING ZAMON SHAKLLARI
Yozyovon tuman xalq ta’limi
bo’limiga qarashli
2-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Qodirjonov Ayubxonning
6-sinf uchun ona tili fanidan
“Fe’lning zamon shakllari” mavzusida bir soatlik
ochiq dars ishlanmasi
2021-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |