Oila a’zolarining huquqlari.
Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu yerda konunda belgilangan huquqlar haqida gap ketmokda. Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim olish, o‘ziga yor tanlash va xokazo huquqlarda o‘z ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik, ruxiy tuzilishi nuktai-nazaridan bunday tenglik yo‘k. Shuning uchun ayol va erkakning oilada ro‘zgor tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi mexnat taksimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.
Erkakning vazifasi – oilani ma’naviy, iktisodiy ko‘llab-kuvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga kalkon bo‘la bilish. Oila a’zolariga gamxo‘r bo‘la bilish.
Ayolning vazifasi – oilada farzand tarbiyasi bilan shugullanish. Ularni ok yuvib, ok tarash. Erkaknning tashib kelgan ozik-ovkatlarini pishirish, mexmon kutish. Er va bolalarini ishga va o‘kishga kuzatish, kutib olish.
Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bo‘lishini, o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mexribonliklarini ko‘rgan farzandlar ulardan o‘rnak oladilar va ularga o‘xshashga harakat kiladilar. Chunki farzand aytgan nasixatingizni esidan chikarishi mumkin, ammo ko‘rganini xech esidan chikarmaydi. Oilada farzand tarbiyasining bu jixatini xech kachon esdan chikarmaslik lozim.
Farzandlaringizga bir ko‘z bilan karangiz, kattasini katta, kichigini kichik deb, shunga yarasha ish tutsangiz, kichiklarning kattalari bilan maslaxatlashib ish tutishlariga, kattalarining kichiklarini izzat kilishga, ularni ximoya kilishga odatlantirsangiz, ularni yaxshi ishlarini ma’kullab, ragbatlantirib borsangiz, yomon ishlarini o‘z vaktida kaytarib, bu ishning nima uchun yomonligini yotigi bilan tushuntirib borsangiz, farzandlaringizning kamoli, o‘zingizning kelajakdagi roxat-farogatingiz uchun juda muxim va katta tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ulardagi mexr-okibatni, obro‘larini ko‘rib, o‘z xayotingizdan mamnun bo‘lasiz, farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi chekkan zaxmatlaringiz, mashakkatlaringiz unutiladi.
Mustahkam oila jamiyatning mustahkam poydevoridir. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotini o’ylagan har bir davlat mana shu poydevorni mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratadi. O’zbekisiton mustaqillikka erishgandan so’ng oilaga munosabat, uning ijtimoiy nufuzini oshirish, mustahkamligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Avvalo, qonun bilan himoyalab qo’yildi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63 – moddasida qayd etilganidek,“Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega.
Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi. “Ota-onaning farzandga nisbatan saksonta haqi bor. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o’lgandan keyin amalga oshiriladi. Tiriklik chog’idagi qirqta haqning o’ntasi tanga, o’ntasi tilga, o’ntasi dilga va o’ntasi molga taalluqlidir, — deyiladi manbalardan birida. Biz ulardan faqat bittasi, ya’ni dilga taalluqli bo’lganlarini qayd etish bilan kifoyalanamiz.Oila tarbiyaning asosiy va birinchi navbatda turuvchi o’chog’idir. Har bir insonning kelajakda qanday kamol topishi aynan shu dargoh miqyosida belgilanadi. Qush uyasida ko’rganini bajarganidek, farzandlar ham ota-onalaridan andoza olishlari tabiiy jarayon, albatta.
Tarbiya masalasida oilaning muhim ma’naviy-madaniy xususiyatlaridan biri – uning milliyligidir. Bunday g’oyat mas’uliyatli vazifani yelkasiga olishidan oldin har bir yigit-qizlarimizni shunga tayyor qilib, biz kattalar ibrat maktabi vazifasini o’tamog’imiz darkor.” Bu kabi ibratomus fikrlar nihoyasi qiziqarli mulohazakorliklar, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan yanada fayz oldi. Tadbir so’ngida Feruza Bakayevaga barcha yig’ilganlarga tashakkur bildirib, bu kabi davra suhbatlarining ahamiyati katta bo’lganligi sababli ko’lamini yanada oshirishga qaratilgan taklif bildirilgani talabalarga ham birdek ma’qul keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |