Mavzu; Farididdin Attorning,, Mantiq ut tayr `` asarida Tavhid masalasi



Download 71,89 Kb.
bet3/3
Sana14.01.2023
Hajmi71,89 Kb.
#899519
1   2   3
Bog'liq
Farididdin Attorning ,, Mantiq ut tayr `` asarida Tavhid masalasi

.

Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida o‘ta kamtarin-lik bilan, o‘zini tuproq bilan tenglab, ma’naviy ustozi Fariduddin Attorni ilohiy sirlarning kashfiyotchisi deb, ko‘klarga ko‘taradi: «Qushlar tiliga yo‘l topganlardan biri Sulaymon payg‘ambar edi. Keyin vaziri Osaf undan ta’lim olib, qushlar tilini o‘rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi... Boshqa odamlar (shoirlar ham) qush tilini bilmaganlari uchun, uning fahmiga yetmae edilar. Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan necha ming yilni o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng chiqqan sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o‘tkir aqlli, omadi yurishgan bir qush (Fariduddin Attorni aytmoqchi) maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki, Fano Qofining anqosi de, barcha qushlar tilining donosi de! U, bu yo‘lning boshlovchisi va avliyo qiblasi bo‘lib, ko‘ngli haq yo‘lni ko‘rsatish uchun jilolangandi. U, haqiqat sirlarini kashf etishda farid. yagona va tengi yo‘qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand...» Navoiy jon quydirib aytishicha,

Forsiy oyine ulus fahm etdilar, Barcha maxfiy diqqatig‘a yettilar. Ammo, «G’ayr xayli sodda atroki faqir» — soddadil turkiy xalqlar: Qoldilar mahrum bu iqboldin, Qush lisoni birla qilu qoldin. Navoiy turkiy xalqlarni ham bu ma’naviy xazinalardan bahramand etish uchun bu asarni turkiy tilda qayta yozishga bel bog‘ladi. Shoir aytishicha, Fariduddin Attor unga qushlar tilidan saboq berdi, «irshod etdi». ul takallumda uni ustod etib yetishtirdi. Navoiy yana aytadiki, forsiyda bitilgan qushlar tilini o‘rganishda: Chunki topdim ul kalom ichra kamol, Turk alfozi birla surdim maqol.

  • Forsiy oyine ulus fahm etdilar, Barcha maxfiy diqqatig‘a yettilar. Ammo, «G’ayr xayli sodda atroki faqir» — soddadil turkiy xalqlar: Qoldilar mahrum bu iqboldin, Qush lisoni birla qilu qoldin. Navoiy turkiy xalqlarni ham bu ma’naviy xazinalardan bahramand etish uchun bu asarni turkiy tilda qayta yozishga bel bog‘ladi. Shoir aytishicha, Fariduddin Attor unga qushlar tilidan saboq berdi, «irshod etdi». ul takallumda uni ustod etib yetishtirdi. Navoiy yana aytadiki, forsiyda bitilgan qushlar tilini o‘rganishda: Chunki topdim ul kalom ichra kamol, Turk alfozi birla surdim maqol.
  • Shoir «Lison ut-tayr» dostonida turkona nag‘malarni, nolau afg‘onlarini «shunday kuyladimki, xushnag‘ma qushga aylandim. ming dostoni bor bulbulga aylandim», deydi. Men-men ul bulbulki, ming afg‘on aro Har figon lahnini bir doston aro... Ushbu gulshan ichra soddim mastvor, Nag‘maning ohangi andoq ustivor. Bunday yuksak maqomga yetishda shoir ma’naviy ustozining buyuk xizmatini aytadi:
  • Shayx ruhidin yetishti bu madad, Kim bu bulbul lahni bo‘ldi beadad... Muhammad Abu Bakr b. Ibrohim - Fariduddin Attor (1119—1193) — jahon she’riyati, falsafasi, tasavvuf olamining buyuk namoyandasi, eronlik shoir va mutafakkirdir. Tug‘ilgan va o‘lgan yillari Avfiyning «Lubob ul-albob», Qazviniyning «Tazkirat ul-avliyo», Davlatshoh Samarqan-diyning «Tazkirat ush-shuaro» asarlarida turlicha ko‘rsatilgan. Fariduddin Attorning o‘zi «Mazhar ul-ajoyib» asarida (xorazmlik buyuk avliyo) Najmiddin Kubroni ko‘rganligini yozadi. Najmiddin Kubro esa 1221 yili vafot etganki, bundan Attorning yuz yoshdan oshgani anglashiladi. Attor yana «Mazhar ul-ajoyib» asarini hijriy 584, milodiy 1188 yili ta’lif etgani (tuzgani)ni va o‘sha vaqtda yoshi yuzdan oshganini bitadi. Har holda Attor bu asarini qarilik chog‘larida yozgani shubhasiz. Shundan so‘ng u faqat yana bir buyuk asari - «Lison ul-g‘ayb» («G’oyibot tili»)ni yozgani fanga ma’lum. Davlatshoh Samarqandiy hisobiga ko‘ra, Attor 114 yoshida vafot etgan. Qazviniy, Davlatshoh. Yoqut Hamaviy ma’lumotlariga ko‘ra, Fariduddin Attor Nishopur shahri chetidagi Tun qishlog‘ida dunyoga kelgan. Attor «Mazhar ul-ajoyib»da yozishicha, bolachik chog‘lari xastalanganida, hazrati Achi mozoriga kelib shifo topar edi.

Download 71,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish