Mavzu Fanning maqsadi va vazifalari


Mavzu – 21. Shim konstruksiyasining chizmasi



Download 10,26 Mb.
bet38/56
Sana25.02.2022
Hajmi10,26 Mb.
#464570
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
konspekt компьют лойихалаш

Mavzu – 21. Shim konstruksiyasining chizmasi

Erkaklar shimini loyihalash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar zarur:



  • erkaklar shimi assortimenti va konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablar;

  • odam qomatining tana tuzilishi va razmer o’lchovlari haqidagi ma’lumot;

  • shim turlari, gazlama turlari haqidagi ma’lumot;

  • konstruktiv-texnologik qo’shimchalar;

  • material xossalari haqidagi ma’lumot.

Erkaklar kostyumi - ikki predmetdan – pidjak va shimdan tuzilgan kiyim komplektidir. Shim kostyum tarkibiga kirishi yoki mustaqil kiyim turi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Kostyum tarkibiga kiruvchi shimlar albatta pidjakka mos bo’lishi kerak. Yakka shim esa pidjakka mos bo’lib, komplektdagi shim konstruktsiyasini qaytarishi yoki boshqa pidjaklarga mos bo’lishi kerak.


Shim silueti, shakli va uzunligi moda yo’nalishiga bog’liq.
Shim butun uzunligi bo’yicha keng yoki tor, faqat ayrim uchastkalarida (tizza va bo’ksa qismida) toraygan yoki kengaygan, pochasi keng yoki tor, uzun yoki kalta bo’lishi mumkin.
Shimlar uslubiy yechimiga ko’ra klassik, yarimklassik, sport, golife, «avangard» turlarga bo’linadi.
Klassik shimlarga - shaklning to’g’riligi, shimning beldan bo’ksagacha yopishib turishi va boldir mushagiga tegib turishi xosdir. Shim yon ko’rinishida uning oldingi va orqa buklov chiziqlari aniq ko’rinib turadi.
Yarim klassik shimlarga – shakli nisbatan bemalol, ya’ni bo’ksadan shim pochasigacha to’g’ri shakl hosil qiluvchi shim kiradi. Bel chizig’i bo’yicha bitta, ikkita yoki uchta taxlama loyihalanishi mumkin.
«Sport uslubida» yechilgan shimlarga tor va to’g’ri shakl hosil qilish uchun cho’ntak bo’laklarining, piston, koketka konstruktiv bo’linishlarning ko’pligi, yon cho’ntak qirqim ustidan bir yoki ikki qator bezak baxyaqator tikilganligiga xosdir. Sport uslubidagi shimlar cho’ziluvchan, jinsi gazlamadan tikiladi.
Erkaklar shimiga qo’yiladigan talablar asosiy ikki guruhga bo’linadi: iste’molchi va texnik iqtisodiy;
Erkaklar shimi bir tomondan qulay, ixcham, gavda tuzilishiga, moda yo’nalishiga mos, ikkinchi tomondan odam yoshi va shimning vazifasiga va ishlatilish vaziyatiga javob beradigan qilib loyihalanadi. Shim uchun tanlangan gazlama vazifasiga qarab kirchimol, yuvishga qulay, g’ijimlanmaydigan bo’lishi kerak.
Klassik shimlarda old buklov chizig’i ishining butun uzunligi bo’yicha dazmollanadi. Shim old buklov chizig’i tufli uchiga, ort buklov chizig’i dumba markazidan o’tib, tovon o’rtasiga yo’nalgan bo’lishi kerak.
Shim proportsiyasi, shakli va uning belbog’i hamda pochasining qomatda joylanishini ham belgilaydi. Belbog’ bel chizig’ida yoki undan 2 . . . 5 sm pastroqda joylanishi mumkin. Shim pochasi va pol orasidagi masofa pocha kengligiga bog’liq. Pocha kengligi 28 – 32 sm bo’lsa, poldan shim pochasigacha bo’lgan masofa 3 . . . 4 sm, pocha kengligi 24 . . . 27 sm bo’lsa – 5 . . . 6 sm, pocha kengligi 20 . . . 23 sm bo’lsa 7 . . . 8 sm masofa tavsiya etiladi.
Namunaviy konstruktsiya bo’yicha bichilgan shimlar o’rta, yon va odim chokli bo’ladi va ikkita old, ikkita ort yarim bo’laklardan iboratdir. (1-rasm).






Download 10,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish