6. Didaktik maqsadlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini pedagog olimlar (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov va boshqalar) ikki guruhga bo‘lishadi:
А) O‘quv materialini dastlabki o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi metodlar: bularga o‘qituvchining mavzuni og‘zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash va boshqalar kiradi.
Б) Olingan bilimni mustahkamlash va takomillashtirishga imkon yaratuvchi metodlar. Bu guruhga masala, mashqlar yechish, amaliy ishlar bajarish va boshqalar kiradi.
7. O‘qitish metodlarini binar (qo‘sh) va polinar (ko‘p qirrali) guruhlarga ajratilishi ham mavjud. Binar guruhlarini I.I. Maxmutov dars berish metodlari bilan o‘rganish metodlarining birga qo‘shilishi tarzida ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |