Г) Qisman ijodiy (evristik) metodlar
Bu metodda:
Bilim mustaqil ravishda egallanadi;
o‘qituvchi axborotni o‘rganish yoki bilim egallashda turli metodlar yordamida mustaqil ishlashni tashkil etadi;
o‘quvchi, talabalar mustaqil fikr yuritishadi.
Masala, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish taqsimlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rganishadi. Natijada o‘quvchilarda anglab yetilgan puxta bilim shakllanadi.
O‘quvchilar ko‘pincha murakkab muammoni mustaqil hal qilisha olmaydi. Ularga o‘qituvchi ko‘mak beradi. O‘quv faoliyati o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchi–o‘qituvchi sxemasida amalga oshadi. Bilimlarning ma’lum bir qismini o‘qituvchi beradi, qolgan qismini o‘quvchilar mustaqil o‘rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |