3. Falsafa fanining predmeti
Falsafa tafakkur rivojining buYuk Yutug‘i va insoniyat ma’naviy Yuksalishining muhim omilidir. U kishilarning olamni bilishi, jamiyatning Yuksalishi, odamlarning mahoratini namoyon qilishi, inson qadriyatlarining Yuksaklikka ko‘tarilishi bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko‘pincha quyidagi mustaqil sohalarni ajratishadi:
1. Ontologiya – (Yunoncha ontos-mohiyat, logos-tadqiqot, borliq uning mohiyati, shakllari, asosiy tamoyillari va eng umumiy kategoriyalari haqidagi ta’limot.
2. Gnoseologiya – (epistemologiya) (gnozis-bilish, logos – ta’limot) bilish haqidagi, inson tafakkuri faoliyati qonunlarini o‘rganadi.
3. Praksiologiya - (praksis-faoliyat, logos-ta’limot) inson amaliy faoliyati haqidagi ta’limot.
4. Aksiologiya – (aksios-qadriyat, logos-ta’limot) qadriyatlar inson faoliyati, uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati.
5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot
6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot
7. Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma’limot) – keng ma’noda kelajak haqidagi ta’limot, tor ma’noda prognozlashtirish i prognostika so‘zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot.
9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot
10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot
11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.
SHuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan birbutun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba’zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida gapirganda, mustaqillikning o‘zini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san’at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Xegel tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning mantig‘ini va na uning falsafa tarixini anglab bo‘ladi.
Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning ko‘p xilligi tabiiy tizimlilikka ega. SHuning uchun falsafa haqida tizim sifatida gapirish mumkin. Falsafaning bir butunligi va tizim xususiyatiga egaligi dunyoning bir butunligi va yaxlitligidan kelib chiqadi. Umuman inson bilimining tizim tarzidaligi, uning o‘z tashkiliy tuzilishiga yo‘nalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi. Agar biz Yuqorida keltirilgan falsafiy fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, unda ular orqali falsafa predmetining ko‘p qirraligi va naqadar boy ekanligining ifodalanishini ko‘ramiz.
Turli falsafiy yo‘nalishlarni har xil asoslar: etakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin.
Falsafiy yo‘nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to‘g‘risidagi masalada u moddiy yoki g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plYuralizm deb e’tirof etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plYuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |