Birlashtiruvchi (kon’Yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo‘ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar».
Ayiruvchi (dizYunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» - dizYunksiya belgisi orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |