5. Turli falsafiy yo‘nalishlarni har xil asoslar: etakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin.
Falsafiy yo‘nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to‘g‘risidagi masalada u moddiy yoki g‘oyaviy yagona substansiya – monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) – dualizm, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plYuralizm deb e’tirof etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plYuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |