Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi.
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Masalan:
Zardusht Qadimgi Xorazmda tug‘ilgan
Budda Hindistonda tug‘ilgan
Muso Misrda tug‘ilgan
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tug‘ilgan
Muhammad (SAV) Makkada tug‘ilgan
Ular buYuk dinlarning asoschilaridir
Demak, buYuk dinlarning asoschilari SHarqdan chiqqanlar.
yoki:
Kitoblar – ma’naviy boylik
Kitoblar - aqliy mexnat natijalari
Demak, aqliy mexnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |