1. A - Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik mavjudotdir».
Bu hukmning sub’ekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma» - umumiylik kvantori. Bu hukmning sub’ekti to‘liq hajmda olingan, chunki unda ham ma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-insonlar haqida fikr Yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm).
1-rasm 2-rasm
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |