SHialik yo‘nalishidagi mazhablar:
Ismoiliy mazhabi - shia yo‘nalishining Ismoiliy mazhabi X-XI asrlarda YAqin va O‘rta SHarqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o‘rtasida kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi bilan bog‘liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo‘lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja’far as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta’limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta’limotlarga bo‘lindi.
Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston shimolida, Pomirda, musta’liy mazhabi esa YAman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |