YAngi davr falsafasi insonning mohiyati va o‘z-o‘zini anglashi muammolariga qaytishi bilan ajralib turadi.
Tomas Gobbs, mexanik materializm tarafdori o‘laroq, insonning ruhiy dunyosi mexanik kuch-g‘ayrat va harakatlar majmuasidan boshqa narsa emas, deb hisobladi. Uning fikricha, inson faqatgina murakkab tuzilgan mexanizmdir xolos, u mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Gobbs ruhning alohida substansiya sifatida mavjudligini inkor etdi.
Rene Dekart insonning dualistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. U inson o‘lik mexanizm (tana) bilan irodaga va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan substansiya (ruh)ning qo‘shiluvidan tashkil topgan, deb hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |